Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Jasur Ziyamuxamedovga Lyaonin pedagogika universitetining faxriy mehmon professori unvoni berildi.

16.10.2026, 18:30 Yangiliklar 51

Mazkur unvon professorning Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, xitoyshunoslik tadqiqotlarini kengaytirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida berildi.

Lyaonin pedagogika universiteti rektori Luo Venbo bilan uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, Xitoy va O‘zbekiston sivilizatsiyalari o‘zaro anglashuvini tadqiq etish markazi faoliyati, “2+2” qo‘shma ta’lim dasturi hamda O‘zbekistonda universitet filialining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda ushbu tashabbuslar ikki mamlakat yoshlari uchun yangi ta’lim va ilmiy imkoniyatlar yaratishi, xitoy tilini o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Professor Jasur Ziyamuxamedov bildirilgan ishonch va e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham xitoyshunoslik, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Mazkur e’tirof TDSHU va Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim hamda gumanitar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.