Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, Gulchehra Rixsiyevaning “Yangi chaqiriq, yangi yo‘nalish” maqolasi bilan tanishing

17.08.2021, 21:56 Yangiliklar 736

Bizning Toshkent davlat sharqshunoslik universitetimiz jamoasiga ishonch bildirilib, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish vazifasi yuklandi. Kuni kecha universitet rahbariyati hamda Milliy gvardiya mas’ullari hamkorligida mehribonlik uyi jamoasi bilan yangi o‘quv yilida hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish borasida tanishuv uchrashuvini o‘tkazdik. Bu uchrashuvimiz bizning mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari haqidagi tasavvurlarimizni hamda jamoamizning ular bilan ishlash bo‘yicha dastlabki rejalarini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Boisi, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 120 nafar bolaning barchasi imkoniyati cheklangan bolalar ekan. Bu esa ular bilan dastlabki rejalashtirganimiz tarbiyalanuvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish maqsadida seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari mahorat darslarini uyushtirish singari tadbirlarning o‘rniga har bir tarbiyalanuvchi bilan pedagog va psixologlarimizning individual ishlashi, ularning kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishga ko‘mak beradigan biror bir kasbga yoki hunarga o‘rgatish zarurati mavjudligini ko‘rsatdi. Mehribonlik uyi jamoasi bilan ham tarbiyalanuvchilar bilan ishlash jarayonida asosiy nuqta ana shu ekanligiga kelishib olindi.

Maqolani batafsil  quyidagi havolada o’qing👇🏻

https://uza.uz/uz/posts/yangi-chaqiriq-yangi-yonalish_293649

 

 

A03A225E-6456-4950-B025-49CA65C83C69

TDSHU axborot xizmat

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: