Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Iskandariya universiteti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

08.02.2023, 18:44 Yangiliklar 2266

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva Iskandariya universiteti rektori Abdulaziz Konsova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

photo_2023-02-08_12-26-48

Muloqot chog‘ida oliy o‘quv yurtlari tarixi, ularda yaratilgan sharoitlar, kadrlar tayyorlash tizimi to‘g‘risida maʼlumot almashildi.Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlikda dasturlar yaratish, turizm va mehmonxona biznesi, xalqaro iqtisodiyot va tijoriy aloqalar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

photo_2023-02-08_12-27-08

Tomonlar ilmiy hamkorlik va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Iskandariya kutubxonasi bilan qo‘shma tadbirlar tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishdi. Uchrashuv yakunida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Iskandariya universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi bitim imzolandi.

photo_2023-02-08_12-27-03
Maʼlumot o‘rnida: Iskandariya universiteti miloddan 300 yil muqaddam tashkil etilgan Iskandariya bilimlar uyi davomchisi sifatida 1938 yilda tashkil etilgan. Oliy o‘quv yurti tarkibida 21 ta fakultet va 3 ta institut, 12 ta shifoxona mavjud. Universitetda 200 ming talabalar, jumladan, 13 mingdan ortiq xorijlik yoshlar tahsil oladi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasasining xorijiy filiallarida 50 mingga yaqin yigit-qiz bilim olmoqda. Universitet Misrdagi ikkinchi yirik oliy o‘quv yurti bo‘lib, jahondagi nufuzli 1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatoridan o‘rin olgan.

photo_2023-02-08_12-26-58

    WordPress Lab Truder – CCTV Security Service Elementor Template Kit TrueBooker – Appointment Booking & Scheduler Plugins for WordPress Truehost – Responsive Hosting WordPress Theme TruelySell – Appointment Booking & Service Marketplace WordPress Theme TruelySell – Professional Service Booking Marketplace | Bark & TaskRabbit Clone (Laravel 12) TruSmile – Dentist WordPress Theme Trustnetic - Cyber Security Services Elementor Pro Template Kit Trydo – React Agency and React Portfolio Template Tshirt Virtual Try on Plugin | WooCommerce WordPress Tube – Responsive Adobe Muse Video Widget