Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Karabük universiteti o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantirilmoqda

03.09.2026, 11:15 Yangiliklar 79

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Karyera markazi direktori Sirojiddin Maxatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Muhammadjon Qur’onov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Karabük universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Karabük universiteti rahbariyati, Xalqaro aloqalar koordinatsiyasi, Karyera markazi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muloqotlarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Karabük universiteti o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki universitetning Karyera markazlari o‘rtasida tajriba almashish, talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, qo‘shma tadbir va loyihalarni tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Tashrif yakunida tomonlar akademik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.