Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi bo‘yicha ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

24.06.2024, 12:33 Yangiliklar 271

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi bo‘yicha ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

_MG_02195

Mazkur loyiha Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va  Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti o‘rtasida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasini amalga oshirish borasida imzolangan bitimga muvofiq gumanitar va turizm sohalarida O‘zbekistonlik va koreyalik talabalar ishtirokida amalga oshirishi belgilangan. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Koreya davlatlarining tarixiy jozibadorligini namoyish etish, turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, tarix muzeylarining jozibadorligini oshirishga qaratilgan mediya kontent tayyorlab, ekspozitsiyalarni jonlantirishga oid takliflar ishlab chiqishi ko‘zlangan.

_MG_02196

Tadbirda Koreya Respublikasining Andong Milliy universitetining 50 dan ziyod professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent kimyo-texnologiyalari institutidan jami 60 nafar vakillar ishtirok etdi.

_MG_02197

Mazkur ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti loyiha mas’ullari so‘zga chiqib, loyiha 2 bosqichda: 1-bosqich O‘zbekistonda, 2-bosqich esa Koreyada amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi.

_MG_02198

_MG_03251

_MG_03252

_MG_02190

_MG_02199