Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillaridan iborat ishchi guruh Namangan sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo’lishdi

05.02.2024, 18:18 Yangiliklar 366

Joriy yilning 3-fevral kuni universitet vakillaridan iborat ishchi guruh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-noyabrdagi 121-son yig‘ilish bayoni 5.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumida xizmat safarida bo’lishdi.

Xizmat safari davomida texnikumda o’quv jarayonining tashkil etilishi, bitiruvchilarga qo’yilgan baholarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadidia guruh jurnallari va baholash materiallari o’rganildi. Shuningdek, “Turizm” ta’lim yo’nalishi malaka talablari, ishchi o’quv rejalari va fan dasturlarining talablarga mosligi tekshirildi.