Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Vengriya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

18.05.2023, 13:47 Yangiliklar 951

Ayni payt Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Karoli Gaspar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

photo_2023-05-18_10-15-34

Karoli Gáspar universiteti 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozir u yerda 8600 nafar talaba sharqshunoslik sohasiga turdosh yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Universitet tarkibidagi 15 ta institut va 52 ta kafedralarda 37 ta davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro standartlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash bilan birga keng miqyosda fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalar bajarilmoqda.

Har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi ushbu memorandum universitetlar o‘rtasida akademik almashuvni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

photo_2023-05-18_01-01-26

photo_2023-05-18_01-02-43