Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Vengriyaning yana bir nufuzli universiteti bilan hamkorlik qiladi

19.05.2023, 11:18 Yangiliklar 613

2023-yil 18- may sanasida O‘zbekiston–Vengriya rektorlari II Forumi doirasida TDSHU hamda Szeged universiteti (Vengriya) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

photo_2023-05-19_11-15-31

Mazkur hamkorlik doirasida ikki muassasa o‘rtasida qo‘shma o‘quv va amaliy kurslar hamda seminarlar o‘tkazish uchun professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb qilish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari va konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar rejalashtirilgan.

photo_2023-05-19_11-15-25

Ma’lumot o’rnida, Szeged universiteti Vengriyaning qadimiy universitetlaridan biri bo‘lib, 1581- yilda tashkil etilgan. Joriy yilda ta’lim muassasasida 20 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, jumladan, ularning 4285 nafarini xorijlik talabalar tashkil qiladi. Xalqaro QS reytingi dunyoning eng yaxshi universitetlarini taqdim etadi. Ushbu reytingga ko’ra universitet eng yaxshi 560 talikka kiradi.

photo_2023-05-19_11-15-35