Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Alloma Muhammad Iqbol – urdu adabiyotining yorqin namoyandasi” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

19.12.2022, 14:28 Yangiliklar 888

BRM 17

Alloma Muhammad Iqbol- shoir, faylasuf, jamoat arbobi sifatida nafaqat Pokistonda, balki butun dunyoda mashhur. Shoir urdu adabiyotining yetuk namoyondasi sifatida gavdalanib, o’z g’azallari va she’rlarida Vatanga bo’lgan muxabbatni oliy ne’mat sifatida ilgari suradi.

IMG_3277

Alloma Muhammad Iqbol nafaqat urdu tilida balki fors, panjob, ingliz tillarida ham ijod qilgan. O’zbek tiliga shourning she’rlari O’zbekiston qahramoni E.Vohidov tomonidan yuksak mahorat bilan tarjima qilinganligi bilan ham qimmatlidir.

IMG_3230

Atoqli shour butun dunyo musulmonlari, ayniqsa, yoshlarga o’z she’rlari bilan qattiq ta’sir ko’rsatgan bo’lib, uning ”Asror Xudi”, “Jovidnoma” kabi go’zal she’riy turkumlarni, shuningdek “Islomda diniy fikrni qayta qurish” mumtoz asarini urdu adabiyoti tarixida o’chmas i qoldirgan. Ijodi orqali din va jamiyat, falsafa, ilm va huquq kabi sohalar o’rtasidagi aloqalar, ushbu sohalarni rivojlantirish yo’lidagi eng dolzarb muammolariga urg’u bergan.