Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ikkinchi oliy ta’lim uchun suhbat jarayonlari oʻtkazilmoqda
20.08.2026, 11:28
Yangiliklar 80
Bosma versiyasi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning (ikkinchi mutaxassislik) kunduzgi ta’lim shakliga roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarni qabul qilish boʻyicha suhbat imtihonlari boshlandi.
Mazkur qabul mavsumida universitetning kunduzgi ta’lim shakli uchun jami 93 ta kvota ajratilgan boʻlib, suhbatlar quyidagi yoʻnalishlar kesimida tashkil etilmoqda:
- Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili va koreys tili
- Xalqaro munosabatlar
- Psixologiya
- Iqtisodiyot
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar





