Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qo‘shma ta’lim uchun 2026/2027-o‘quv yiliga qabul davom etadi

11.07.2026, 19:23 E'lonlar 68

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va

Turkiya Respublikasining Egey universiteti

bilan hamkorlikda

“TURIZM BOSHQARUVI”

mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro magistratura qo‘shma ta’lim dasturida o‘qib,
har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomlariga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat!

O‘QISH MUDDATI: 2 O‘QUV YILI (120 ECTS):

  • 1-kurs, 1-semestr — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida
  • 1-kurs, 2-semestr — Egey universitetida (Turkiya)
  • 2-kurs magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichi (xorijiy va mahalliy ilmiy rahbar rahbarligida

 

BITIRUVCHILARGA HAR IKKALA UNIVERSITETNING DIPLOMLARI BERILADI (ikki diplom / double diploma)

Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Egey universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Qo‘shma dastur doirasida ta’lim tili — turk tili.

QABUL SHARTLARI

  1. Nomzodlar “Turizm” yo‘nalishi yoki unga turdosh soha bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak.
  2. Turk tilini bilish darajasi kamida B2 bo‘lishi lozim (TÖMER, Yunus Emre instituti (Türkçesi Yeterli) sertifikati yoki TÖBİR imtihonidan kamida 70 ball, yoki bakalavriat/magistratura bosqichida ta’lim tili turk tili bo‘lgan guruhda o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat).
  3. Nomzod tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Turkiya Oliy ta’lim kengashi (YÖK) tomonidan tan olinishi lozim.

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan abituriyentlar quyidagi hujjatlarni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga topshirishlari mumkin:

  1. Bakalavr diplomi va uning notarial tasdiqlangan turkcha tarjimasi;
  2. Diplom ilovasi va uning notarial tasdiqlangan turkcha tarjimasi;
  3. Pasport nusxasi va uning turkcha tarjimasi;
  4. Turk tilini bilish darajasi B2 sertifikati (TÖMER, Yunus Emre instituti (Türkçesi Yeterli) yoki TÖBİR sertifikati);
  5. Nomzod tamomlagan oliy ta’lim muassasasining Turkiyaning Oliy ta’lim kengashi (YÖK) tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
  6. Ma’lumotnoma (CV).

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 71 233 34 28

Qo‘shma dasturga mas’ul — 97 700 91 42