Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Sharqshunos bitiruvchilar forumi” o‘tkazildi

23.12.2023, 16:34 Yangiliklar 586

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bugun 2023-yil 23-dekabrida “Toshkentda sharqshunoslik oliy ta’lim dargohi tashkil etilganligining 105-yilligi munosabati bilan universitet muzeyi ochilishi hamda O‘zbekiston sharqshunoslar anjumani” doirasida  universitetning kamida besh yillik bitiruvchilarini jalb qilgan holda “Bitiruvchilar forumi” o‘tkazildi.

241A2718

Forumga mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 500dan ortiq bitiruvchi taklif etildi va ular bilan “Bitiruvchilar klubi” tashkil etish, talabalar malakaviy amaliyoti bazalarini kengaytirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalarida fikr almashildi.

IMG_20231223_170245_040

“Bitiruvchilar klubi” faoliyati samaradorligini oshirish uchun har bir fakultetda uning bo‘limlarini tashkil etishga kelishib olindi.

IMG_20231223_171358_462

IMG_20231223_174149_148_edit_183857361470278

Forum doirasida bitiruvchilarda yuzaga kelayotgan mavjud muammolarini yoki erishilayotgan yutuqlarini o‘rganish va natijalari bo‘yicha rahbariyatga axborot kiritib borish belgilandi.