Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ta’sis etilgan “Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya” uchun tanlov e’lon qilindi

07.06.2023, 11:45 E'lonlar 882

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ta’sis etilgan “Suyima G‘aniyeva nomidagi maxsus stipendiya” har o‘quv yili universitetdagi filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari, sharq mumtoz tillari), tarjima nazariyasi va amaliyoti, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, tarix,  sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda adabiyotshunoslik (sharq tillari), lingvistika (sharq tillari), mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha), qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari), tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha), tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha), sharq falsafasi va madaniyati va matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan to‘rt nafar talaba qizlarga ajratiladi.
Stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatning 2-4 (5)-bosqich hamda magistraturaning 2-bosqich talaba qizlariga beriladi:
– o‘quv yili davomida a’lo va yaxshi baholarga o‘qish;
– navoiyshunoslik va sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
– universitetning ilmiy va ma’rifiy hayotida faol bo‘lishi lozim.

Talabgorlar o‘quv yili yakunlangandan so‘ng 10 kun ichida ko‘rib chiqish uchun fakultet ilmiy kengashiga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

✅ sinov daftarchasidan ko‘chirma (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi);
✅ dekan va kafedraning tavsiyanomasi;
✅ fakultet ilmiy kengashi qaroridan ko‘chirma;
✅ ilmiy (ijodiy) ishlar, ularning annotatsiyasi va taqrizlari (mavjud bo‘lsa);
✅ navoiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishidagi faoliyati (ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
✅ navoiyshunoslik va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi).

❗️Barcha hujjatlar alohida jildga (F.I.Sh, kursi, yo’nalishi ko’rsatilgan holda) taqdim etiladi.