Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Ankara Hacı Bayram Veli universiteti prorektori, professor Fulya Bayraktar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

05.05.2025, 18:14 Yangiliklar 152

2025-yil 5-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Ankara Hacı Bayram Veli universiteti prorektori, professor Fulya Bayraktar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

241A11481

Tashrif doirasida mehmonlar universitet faoliyati, xalqaro aloqalari, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

241A11482

Tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy konferensiyalar va talabalar amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

photo_2025-05-06_16-15-20

 

Uchrashuv so`nggida akademik va ilmiy hamkorlik borasida bitim imzolandi. Shuningdek, hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga diplomlari tantanali ravishda taqdim etildi.

241A11485