Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

02.03.2023, 14:03 Yangiliklar 816

2023- yil 1- mart kuni Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida O‘zbekiston – Ozarbayjon do‘stlik muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

IMG_20230302_135146_611

Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi arafasida tashkil etilgan mazkur tadbirda TDSHU rektori G.Rixsiyeva hamda universitet talabalari ham ishtirok etdi.

IMG_20230302_135146_587

Tadbirda soʻzga chiqqan TDSHU rektori G.Rixsiyeva, universitetda ozar tilini oʻqitish yoʻlga qoʻyilganligi haqida toʻxtalib, mazkur muzeyning tashkil etilishi yoshlarning mushtarak tariximizni yanada chuqur oʻrganishga katta imkoniyat berishini taʼkidladi.

IMG_20230302_135146_427