Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Tsukuba universiteti delegatsiyasining TDShUga tashrifi

18.03.2026, 14:39 Yangiliklar 392

2026-yil mart oyida Yaponiyaning Tsukuba universiteti hamda boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrifi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Tashrif doirasida delegatsiya Yaponshunoslik oliy maktabida bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda, shuningdek, TDShU huzuridagi Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti direktor o‘rinbosari Nazimxadjayev Marufxo‘ja hamda Yaponshunoslik oliy maktabi boshlig‘i N. T. Xalmurzayeva ishtirok etdilar.

Muloqot jarayonida qator dolzarb yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, talabalar pedagogik amaliyotini hamkor universitetlarda tashkil etish imkoniyatlari, talabalar forumlarini o‘tkazish orqali o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, kelgusi yil rejalashtirilayotgan xalqaro konferensiyada delegatsiya ishtirokini ta’minlash masalalari yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya tarkibida Tsukuba universiteti professor-o‘qituvchilari — professor doktor Hirofumi Hamada, dotsent doktor Kuanysh Tastanbekova, assistent professor doktor Masashi Asakura, shuningdek, Kyoto xorijiy tillar universitetidan dotsent doktor Grigory Mishochko hamda Kyoai Gakuen universitetidan dotsent doktor Shinae Jang ishtirok etdilar.

Mazkur tashrif Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim va ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

    WordPress Lab WooCommerce Checkout Google Address Auto Complete WooCommerce Composite Products WooCommerce Composite Products Plugin WooCommerce Composite Products | WooCommerce Product Bundles WooCommerce Conditional Shipping and Payments WooCommerce Contactless Delivery WooCommerce Countdown Timer – Flash Sales & Price Discount Plugin WooCommerce Countdown Timer – Flash Sales & Price Discount Plugin WooCommerce Coupon Campaigns WooCommerce Courier Center Voucher & Label