Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turk dunyosi yosh liderlari

28.08.2021, 13:58 Yangiliklar 1528

Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi tomonidan 2021-yilning aprel-iyul oylarida “Evroosiyo yoshlik maktabi” ta’lim dasturi doirasida onlayn tarzda tashkil etilgan o‘quv kurslarini muvaffaqqiyatli tugatgan talabalarning joriy yil 22-29-avgust kunlari “Turk dunyosi yosh liderlari” dasturi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalaridan jami bo‘lib 33 nafar, shu jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan 8 nafar talabaning Turkiya Respublikasiga safari amalga oshirilmoqda.
Mazkur 1 haftalik dastur bir qator madaniy tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, bular talabalarning Turkiya Respublikasi Istanbul, Bursa va Anqara shaharlaridagi muqaddas qadamjolar, muzey va kutubxonalarga tashrif buyurgan holda uning tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish, dunyoning turizm o‘choqlaridan hisoblanmish ushbu mamlakatning eng go‘zal joylariga sayohatlar uyushtirish, shu bilan birgalikda dastur doirasida yosh liderlarning Turkiy Kengash Bosh kotibiyati hamda Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi rahbariyatlari bilan uchrashuvlarni tashkil etishdan iborat.

BE757A09-2BCE-4E21-8A0C-CA11F65F1602D1A4CAB3-9477-4F8B-AC98-F53298A7A786

90D2DEE6-8D8F-4A84-AB71-7B9D1BDCF316