Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Turkiy yozma meros: sivilizatsiyalararo muloqot va raqamli kelajak” mavzuidagi uluslaro ilmiy yig‘in o’tkaziladi

03.09.2026, 13:41 E'lonlar 32

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

 TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

 TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI (TDT)

 TURK TILI QURUMI (TDK)

Sizni “Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni”ga bag‘ishlab 2026-yil 15-16- dekabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkaziladigan Turkiy yozma meros: sivilizatsiyalararo muloqot va raqamli kelajak” mavzuidagi uluslaro ilmiy yig‘inga chorlaymiz.

Yig‘inning bosh maqsadi dunyo qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan turkiy yozma yodgorliklarni tarix, filologiya, matnshunoslik yo‘nalishlarida o‘rganish, ushbu sohalarda raqamlashtirishni kuchaytirish, yasamaong tizimidan unumli foydalanish, yozma yodgorliklarda qo‘llangan so‘z boyligining elektron korpuslarini yaratish,  turkiy xalqlar yozma merosini dunyo ilmida targ‘ib qilishdan iborat.

Ilmiy yig‘in kengashlari:

  1. Turkiy yozma yodgorliklarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish: Qadgi turkiy bitiglarning tili, uslubi va poetikasi.
  2. Manbashunoslik va matnshunoslik masalalari: Qo‘lyozmalar va epigrafik yodgorliklarni tanqidiy matnini tayyorlash va paleografik tahlil muammolari.
  • Kompyuter tilshunosligi va elektron korpuslar: Turkiy tillarning milliy va tarixiy elektron korpuslarini yaratish
  1. Raqamlashtirish va innovatsiyalar: Yasamaong (AI) va OCR texnologiyalarini qadimiy turkiy matnlarni deshifrovka qilish va restavratsiya qilishdagi
  2. Muzeylashtirish va global integratsiya: Turkiy yozma merosni saqlashda xalqaro kutubxonalararo tarmoqlarni yaratish va madaniy turizmni rivojlantirish.

 

Yig‘inda ilmiy ma’ruza bilan qatnashish:

Anjuman shakli: Aralash (jonli va ZOOM platformasi orqali).

Anjuman tillari: o‘zbek, turk, ingliz, rus.

Maqola yuborishning so‘nggi kuni: 2026- yil 15- noyabr.

Maqolalar yuboriladigan elektron pochta: mangu8bitig@gmail.com

Bog‘lanish telefoni (Telegram, WhatsApp): +998909658656

 

Ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish:

Maqola matni akademik andozalarda, chuqur tahliliy va ilmiy asoslangan bo‘lmog‘i kerak:

Matn bishimi: Microsoft Word (shrift: Times New Roman, oʻlchami: 14 pt, qatorlar oraligʻi: 1.5.

Ko‘lami: 8-10 bet.

Maqola tuzilishi: Birinchi qatorda oʻrtada maqola mavzusi (bosh harflar bilan, quyuq rangda).

Keyingi qatorda oʻng tomonda maqola egasining ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi va e-mail manzili koʻrsatiladi.

Boshlanishida o‘zbek va ingliz tillarida 130-140 sozli maqolaning qisqacha mazmuni (Abstract) hamda tayanch tushunchalar beriladi.

Foydalanilgan manbalar va ilmiy asarlar roʻyxati maqola oxirida keltiriladi. Matn ichida iqtiboslar burchakli qavsda [1, 15-b.] beriladi.

 

Eslatma:

Ilmiy talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.

Anjuman materiallari alohida to‘plam holida (Google Scholar va CrossRef bazalarida indekslanadigan raqamli DOI ID bilan) nashr etiladi.

Tashkiliy qoʻmita manzili: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, Amir Temur koʻchasi, 20- uy.

MAQOLALAR QABULI BO’YICHA MA’LUMOTLAR

O’ZBEK TILIDA / TURK TILIDA / INGLIZ  TILIDA