Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiya elchisi bilan onlayn muloqot tashkil etildi

09.10.2020, 18:44 Yangiliklar 1761

2020-yil 9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori E.Maxmudov hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayya Er janoblari bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida universitetning bugungi kunda Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi hamda kelgusidagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2020-2021 o‘quv yilida Turkiya Respublikasidan jami 10 nafar professor-o‘qituvchi TDSHU o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Ulardan 3 nafari doimiy, 3 nafari hamkor universitetlar tomonidan masofaviy ta’lim asosida hamda 4 nafar hamkor universitetlarda pedagogik faoliyat olib borayotgan vatandoshlar talabalarga dars-mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Shuni aytib o‘tish joizki, 2018/2019 o‘quv yilida Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar universitetda faoliyat olib borishmagani, 2019-2020 o‘quv ylida 3 nafarga yetgani, joriy o‘quv yilida esa erishilgan ko‘rsatkichlar har ikki tomondan ijobiy baholandi va turkshunoslik sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shishini e’tirof etishdi.

Joriy o‘quv yilida Turkiyadan yana 2 nafar professor-o‘qituvchi doimiy muddatga TDSHUda pedagogik faoliyatini olib borishi rejalashtirilganligi hamda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab hamkor Anqara Xoji Bayram Vali universiteti bilan magistraturaning ikkita mutaxassisligi (turk tili lingvistikasi va turizm) bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) tashkil etilishi xususida ham fikr almashildi. Muloqot so‘nggida, Elchi janoblari universitet rahbariyatiga va shaxsan rektor Gulchehra Rixsiyevaga turkshunoslik sohasi rivojlanishiga TDSHUda berilayotgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. O‘z navbatida TDSHU rahbariyati ham Elchi Mehmet Surayya Er janoblari tomonidan universitetga berilayotgan e’tibor va ko‘mak uchun cheksiz hurmatini bildirdi.

photo_2020-10-09_18-31-34