Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

«Turkologiya darslari: tarixiy davrlar va uzviylik»

05.01.2021, 20:59 Yangiliklar 1809

Istanbul va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari hamkorlikda 2020-yilning 8-yanvaridan 2 oy mobaynida «Turkologiya darslari: tarixiy davrlar va uzviylik» mavzusida O‘zbekiston va Turkiya turkologlari va turkshunos talabalari uchun maxsus onlayn ma’ruzalarni tashkillashtirmoqda.

Unda turkologiyaga kirish, o‘rxo‘n va uyg‘ur yozuvlari tili, koraxoniy tili, eski qipchoq tili, chig‘atoy turkiysi, eski anato‘li tili, usmoniy turkiysi, Turkiyada til vaziyati va turk tili kabi mavzulari Turkiyaning yetakchi olimlari tomonidan o‘qitiladi. Onlayn darslar turk tilida o‘tiladi va sinxron tarzda o‘zbek tiliga tarjima qilib boriladi. Demak, tinglovchilar turkshunoslik sohasiga oid ma’ruzalarni ikki tilda eshitish imkoniga ega bo‘ladilar.

photo_2021-01-05_15-23-30 (2)