Universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 30-yanvar kuni universitet Kengashining 6-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Ilmiy kengash an’anasiga muvofiq, o’qituvchi va xodimlarning yubiley ayyomlari bilan qutlandi.
Kengash davomida, “O‘zbekiston va BAA hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi” – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BAAga davlat tashrifi yakunlari xususida tahliliy axborot, 2024/2025 o‘quv yili bahorgi semestr o‘quv jarayonlarini tashkil etish va kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha baholash, 2022/2023 o‘quv yili yanvar oyida istisno tariqasida magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilingan talabalarning 2024/2025 o‘quv yili yanvar oyida o‘tkazilgan DA natijalari to’g’risida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-sonli qaroriga binoan, TDSHU ilmiy darajali professor-o‘qituvchilari va xodimlarining lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lash bo‘yicha taqdimnomalarni tasdiqlash masalalari ko’rib chiqildi.
2025-yil tayanch doktoranturaga qabul qilinganlarni mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan nazariy metodologik kursning o‘quv rejasi, dasturi, doktorantlar asosnomasi, mavzulari va yo‘l xaritalarini tasdiqlash, ularning ixtisoslik shifrlari va mavzularini o’zgartirish hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-yanvardagi 6-son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi faoliyati haqida axborot berildi.