Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitetimiz talabasi ShHT tanlovida faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi

30.06.2020, 19:39 Yangiliklar 2145

Shanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topganligining 19 yilligini nishonlanishi doirasida O‘zbekistondagi ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Respublikadagi universitet talabalari o‘rtasida-“Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti,  Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va respublikaning boshqa institutlari talabalari uchun xalq diplomatiyasining mohiyati va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, ShHT mamlakatlari xalqlarining madaniyati, an’analari, dini va hayot tarzini yanada chuqurroq o‘rganish uchun noyob imkoniyat yaratdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, qatnashuvchilarning o‘z mahoratlarini namoyon yetish, mustaqil va erkin fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va respublika yoshlarining iste’dodli, qobiliyatli vakillarini aniqlash, umuman, ijodkor shaxsni aniqlash va yosh avlodning ijtimoiy faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi O‘zbekistonda har yili 30-iyun kuni nishonlanadigan yoshlar kunida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda TDSHU Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti  talabasi Aramov Jamshid faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirov tanlov ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’dodli yoshlarni ijodiy mehnatga undash, ShHT mamlakatlari madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlariga qiziqishini oshirish, shuningdek, Xalq diplomatiyasining mohiyatini tushunish, yaxshi qo‘shnichilik, millatlar va elatlararo totuvlik, sivilizatsiyalararo totuvliknirivojlantirish masalalari haqida fikr yuritishdir.

Hakamlar hay’ati raisi, markaz ijodiy guruhi rahbari, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinovning ta’kidlashicha, olingan barcha ishlar diqqat bilan ko‘rib chiqildi va ulardan eng yaxshilaritaqdirlash uchun uchun taqdim etildi. Insholarni tanlashda o‘ziga xoslik, badiiy mahorat va mavzuni ochib berish hisobga olindi.

Jyuri a’zosi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining siyosat fanlari doktori, professor E’tibor Sultonova so‘zlariga ko‘ra, xalq diplomatiyasi, birinchi navbatda, munosabatlarni yaxshilashga hissa qo‘shish, oddiy insonlar yoki jamoat tashkilotlarining norasmiy aloqalari, o‘zaro manfaatli hamkorlik va turli mamlakatlar fuqarolarining madaniyati, an’analari va hayot xususiyatlarini yaxshiroq tushunishdir.Aytish mumkinki, turli xalqaro forumlar, simpoziumlar, anjumanlar, qurultoylarda qatnashgan har qanday O‘zbekiston fuqarosi, ayniqsa, zamonaviy hayotning dolzarb masalalarini boshqa davlatlar vakillari bilan norasmiy muhokama qilsa, fuqarolik jamiyatimizning norasmiy xabarchisiga va xalqaro maydonda mamlakatimizning vakiliga aylanadi.

Ma’lumki, ShHT doirasidagi Xalq diplomatiyasi jahon mamlakatlari mentalitetini tushunish, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shish uchun yaxshi asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. ShHT makonida yashayotgan xalqlar manfaati yo‘lidagi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy xilma-xillikni asrash va ularni targ‘ib etish, turli madaniyatlarni va tabiiy meroslarni o‘rganish sohasidagi hamkorlik odamlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

Shu munosabat bilan ShHT Xalq diplomatiyasi markazi ShHT davlatlari va xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, “Shanxay ruhi” ni mustahkamlash, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka ko‘maklashish maqsadida xalq diplomatiyasi vositalarini qo‘llash bo‘yicha izchil ishini davom ettiradi.