Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

❗️MAGISTRATURA ABITURIYENTLARI DIQQATIGA!

15.08.2020, 15:01 Yangiliklar 4522

2020/2021 o‘quv yilida magistraturaga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun maqsadli qabulga tanlovda ishtirok etish maqsadida

HUJJATLARNI QAYTA TAHRIRLASH TARTIBI

Jarayon qanday tarzda amalga oshiriladi?

👉 1. Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash faqatgina magistraturaga o‘qishga kirish uchun www.magistr.edu.uz veb-platformasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun amalga oshiriladi.

👉2. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentga o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislikni o‘zgartirgan holda, maqsadli qabul belgilangan mutaxassislik bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarini qayta tahrirlash huquqi beriladi.

❗️Bunda:

➡️abituriyent quyidagi shartlarni inobatga olgan holda maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi:

➡️abituriyent tegishli mutaxassislik negizidagi mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tugatgan bo‘lishi shart;

➡️abituriyent kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalar safiga qabul qilingach, o‘qishni tamomlagandan so‘ng mazkur oliy ta’lim muassasasida kamida 5 yil ishlash sharti belgilangan uch tomonlama shartnomani imzolashga rozi bo‘lishi kerak.

💬 Masalan, Termiz davlat universitetining tegishli magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti uchun alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichi tasdiqlangan bo‘lsa, abituriyent Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga ariza bilan murojaat qiladi.

👉3. Shundan so‘ng, maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan oliy ta’lim muassasalari abituriyentlarning arizalarini umumlashtirgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qiladi.

👉 4. Abituriyentlar arizalari va oliy ta’lim muassasalari murojaatlari asosida vazirlik texnik ishchi guruhi tomonidan magistr.edu.uz platformasidagi abituriyentlarning hujjatlari tahrirlanadi.

✔️ Abituriyentlarga maqsadli qabul uchun hujjatlarini qayta tahrirlashga 2020 yilning 21 avgustiga qadar (21 avgust kuni ham) ruxsat berilgan.