“O’zbekiston – Xitoy yangi bosqichda: madaniy, tarixiy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
2019 yil 16-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan Wyndham Tashkent mehmonxonasining “Ipak yo’li” zalida “O’zbekiston – Xitoy yangi bosqichda: madaniy, tarixiy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.
Mazkur konferensiyani Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senatori G.Rixsieva kirish va tabrik so’zlari bilan ochib berdi. Forumda taniqli olimlar va o’qituvchilar, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi rahbariyati, uning maslahatchisi va elchining muovini janob Chjan Vanchuan, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va do’stona munosabatlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti, O’zR FA sharqshunoslik instituti hamda ToshDSHI qoshidagi O’zbek-Xitoy Konfutsiy institutidan ko’plab vakillar o’z chiqishlari bilan qatnashdilar.
Anjuman davomida kelgusida o’zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’yicha xorijiy ishtirokchilar, jumladan, Konfutsiy instituti bilan uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelayotgan sharafli mehmon sifatida ishtirok etgan O’zbekiston-Xitoy savdo uyushmasi raisi Tsing Chang xonim (Xitoy), konferentsiya tashkilotchilari, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti / ToshDSHI xitoy tili o’qituvchilari bilan muzokaralar, suhbatlar, do’stona uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Anjuman materiallari alohida to’plamlarda nashr etilgan:
I. 110 nafar ekspertlar, O’zbekiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkiya va boshqa mamlakatlarning 35 nafar olimlari ishtirok etgan maqolalar to’plami. II. “Yosh sinologlar maktabi” to’plamiga 45 nafar magistrant, doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqotlari natijalari kiritilgan.