Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Shoislom Shomuhamedov tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi

17.04.2021, 23:56 Konferensiya, Yangiliklar 3032

Bugun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Xalqaro Firdavsiy mukofotining  laureati, taniqli tarjimon-shoir, zakovatli sharqshunos olim Sh.Shomuhamedov tavalludiga 100 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan,  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida  sharqshunos olim ijodiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar haftaligi tashkil etildi. Bugun ushbu haftalikni ilk kuni hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Universitet” maqomini olganligidan buyon erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan  konferensiya bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga olimning oila a’zolaridan farzandlari, nabiralari, shogird va do‘st-u birodarlari hamda sharqshunos olimlar tashrif buyurdilar. 

So‘zga chiqganlar, Shoislom Shomuhamedov olim, shoir va tarjimon sifatida mumtoz va hozirgi zamon eron adabiyoti bo‘yicha tadqiqotlar, o‘quv qo‘llanmalari, fors-tojik adabiyoti klassiklari asarlaridan tarjimalar va uning o‘z qalamiga mansub she’rlar, hikoyalar to‘plamlaridan iborat 90 ga yaqin kitob yaratganini, tarjimon sifatida o‘nlab sharq shoirlari asarlarining o‘zbek xalqi ma’naviy mulkiga aylanishiga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladilar. Xususan, Firdavsiy «Shohnoma»sining 3 jildli yangi tarjimasi va nashri  bevosita Shoislom Shomuhamedovning rahbarligi va ishtirokida amalga oshirilgani,  u hind, arab, rus, ozarbayjon, tojik, turkman shoirlari asarlaridan ham ko‘plab namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgani haqida ham so‘z bordi. Bir so‘z bilan aytganda 86 yil   umr ko‘rgan , yuz yillik O‘zbek sharqshunosligining taraqqiyotini belgilab bergan atoqli olim, mumtoz fors adabiyotining bilgini, o‘rta asrlarning mumtoz shoirlarini o‘zbekcha so‘ylatgan mohir tarjimon  hayoti davomida ilm bilan izlanib, kelajak avlod uchun katta bir maktab qoldirdi.

2ACE8794-C3A9-4256-A64C-00DB0D77D5C1

EE4A2EBD-3427-4D73-97E0-E5A8BCF6DCAA

9F71DA27-520B-4C8E-8655-DDDF4B80FDB6

339B157A-C4E7-4486-9DFD-A4F4D78E7EBB

FA6FE540-F025-4495-B4BB-C45A844058AC

DEDD4008-3B6E-483F-9C6F-0FAE7995FEA5

BBA1477B-B920-40BA-A01E-77730BDE47B1

B3B40225-DAE1-43A7-A26F-2B88C1C849C7

EC52D23B-172A-4DCC-901A-E74390990245

FA97CCB8-C3D6-4E71-B1B7-0BD6DC64F946

9EC849C5-B90D-4F1F-88EF-F1F319BA52A6