Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi
Kafedra 2018 yilda “Tinch okeani mintaqasi va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti va mintaqaviy tadqiqotlar” kafedrasidan ajralib chiqib, 7 shtat birligidan iborat “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi nomini oldi. 2020-yilda kafedra faoliyati “Koreya tarixi va madaniyati” kafedrasi bilan birlashish hisobiga kengayib, “Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlandi.
Hozirgi kunda kafedrada professor-o‘qituvchilar soni 14 ta shtat birligini tashkil etadi, shundan: 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 3 PhD/fan nomzodi, 8 nafar stajyor-o‘qituvchi va 1 nafar koreyalik professor.
Kafedraning ilmiy loyhasi
- Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish (BMI, MD, PhD mavzulvri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish);
- Ilmiy-tadqiqot loyihalari tayyorlash;
- Tahliliy materiallar tayyorlash
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O‘zR FA Tarix instituti
- O‘zRFA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- O‘zbekiston Respublikasi strategik taxlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi
- 6. O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi
- 7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar