Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi
Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich | ||
Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari doktori, dotsent | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni soat (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99871 233-24-58 | |
E-mail: | rixsitilla_alimuxamedov@tsuos.uz |
“Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi o‘zbek klassik adabiyoti va adabiy tili bo‘yicha ilmiy ish olib boradigan, arab va fors tillarini yaxshi egallagan, ilkin yozma manbalar, sharq qo‘lyozmalarini o‘qib o‘rganadigan, o‘lmas obidalarimizga yo‘g‘rilgan ma’naviyat durdonalarini, kishilikning ilg‘or qarashlarini xalqimizga yetkazib bera oladigan filolog-mutaxassislarni yetishtiruvchi yirik markazdir. Kafedra 1993-yilda “Manbashunoslik, matnshunoslik va tarjima nazariyasi” nomi bilan tuzilgan edi. 1999-yilgacha o‘quv ishlari sharq filologiyasi fakulteti arab, fors filologiyasi bo‘limlarining talabalaridan tuzilgan maxsus manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash guruhi shaklida olib borilgan.
2004-yili respublikada mumtoz yozma merosni o‘rganadigan, ulug‘ mutaffakkir shoirlarimizning asarlarini tadqiq etib, ularni yosh o‘g‘il-qizlarga yetkaza oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlash to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash ishi arab, fors va eski turkiy tillari chuqur o‘qitiladigan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga topshirildi. Shu munosabat bilan institutda bakalavrlik va magistratura bosqichlarida mumtoz filologiya bo‘limi ochildi va ushbu ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish ishlari ham ayni kafedraga yuklatildi.
2008-yilda kafedraning nomi “Mumtoz filologiya” deb o‘zgartirildi.
2020-yil aprel oyida Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga “Universitet” maqomi berildi va yangi struktura bo’yicha kafedra nomi “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik”ka o‘zgartirildi.
Kafedra 2020-2021 o‘quv yilidan yangi 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (sharq tillari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida talabalarni qabul qilishni boshlagan.
Kafedraning ilmiy loyhasi
- Turkiy yozma adabiy tilining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti masalalari;
- Turkiy yozma yodgorliklar tili. Matnlarning lingvistik tahlili va ularni hozirgi tilga o‘girish masalasi;
- O‘zbek klassik adabiyoti tadqiqi;
- O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi, uning yuzaga kelishi va tarixiy takomili masalalari, o‘zbek adabiyotshunosligi tarixida yaratilgan ilmiy asarlar;
- Yozma yodgorliklarni hozirgi tilga o‘girish va ularni talqin qilishning tugun va yechimlari;
- Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;
- Sharq qo‘lyozmalari va ularni o‘rganish masalalari;
- O‘tmishdan qolgan asarlarning ilmiy, ilmiy-tanqidiy, yig‘ma matnlarini tuzish masalalari;
- Yozuv tarixi va kitobat san’ati. Qadimgi turkiy yozuvlar va ularning Markaziy Osiyo xalqlari yozuv madaniyati tarixida turgan o‘rni;
- O‘rta Osiyoda yaratilgan arab va fors tillaridagi yozma merosni tadqiq etish va o‘zbek tiliga o‘girish masalalari.
Kafedra ustozlarining yutuqlari:
Kafedra professori, filologiya fanlari doktori Qosimjon Sodiqovga 2023-yilning 28-sentabrida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.
Kafedra professori, filologiya fanlari doktori Qosimjon Sodiqovga Turkiyaning Turk til qurumi (TÜRK DIL KURUMU) ning xorijlik faxriy a’zosi (akademik) sifatida tayinlandi (Qurumning 1.12.2023 sanadagi qarori bilan).
Kafedraning hamkor tashkilotlari
- O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
- O’zbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
- O’zbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
- Turkiyaning Istanbul Universiteti Adabiyot fakulteti.
- Turkiyaning Erzurum shahridagi Otaturk universiteti.
- Turkiyaning Karabuk Universiteti Adabiyot fakulteti.
Kafedraning faoliyati bo‘yicha fotolavhalar