Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi

PULATOVA DILDORA AKMALOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: Falsafa fanlari nomzodi,professor
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 256 75 87
E-mail: dildor_pulatova@tsuos.uz

“Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi

«Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi universitet  tarixi bilan uzviy bog‘liq va dastlab u «Falsafa»  kafedrasi deb nomlangan. Kafedra tashkil topgan 1991-yildan boshlab, bu yerda respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar T.A.Jo‘rayev,  M.A.Axmedova, B.A. Abduhalimov, X.A.Aliqulov, U.Yu.Idirov,R.M.Imomaliyeva, B.T.To‘ychiyev, M.N. Abdullayeva, E’.S.Xoshimova,  E.J.Boboyeva, R.R. Karimov faoliyat olib borganlar.

Kafedrada 2001-yildan “Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 2005-yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi”, 2015-yildan  “Sharq falsafasi va madaniyati” magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayorlash boshlanan. 2015-yil 20-sentyabridan kafedra “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlangan. Ayni paytda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor; 5 nafar fan nomzodi, dotsent;  2 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar o’qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. E’tiborga loyiq jihati – yosh o’qituvchilarning shu yniversitet va  kafedra  bitiruvchilari ekanligidir.

Kafedraga 1991-1993 yillarda falsafa fanlari doktori, professor T.A.Jo‘rayev, 1994-2004 yillarda falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.A.Axmedova mudirlik qilgan.

2004-yildan boshlab mazkur  Kafedraga  falsafa fanlari nomzodi, professor, Oliy ta’lim a’lochisi D.A.Po‘latova rahbarlik qilmoqda.

Sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxasisligi bitiruvchilari mamlalatimizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilmoqdalar; Vatanimizda, ayrimlari esa xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xususan, kafedraning Falsafa ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi  iqtidorli magistranti  bo‘lgan Aziza Shonazarova xorijda o‘qishni davom ettirrib, 2019-yilda muvaffaqiyatli doktorlik  dissertatsiya­sini himoya qildi va AQSH Kolumbiya Universitetining  proffesori etib saylandi, 2020-yila  O‘zbekiston Prezidenti  SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” Ordeni bilan taqdirlandi. Bu­­gun­­gi kunda u TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsuli – Qahramon Dalimov ham Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishining bitiruvchisidir.

Kafedra  2018 yildan Rossiya Hukumati huzuridagi Moliya Universiteti Ijtimoiy fanlar departamenti professori  vanandoshimiz falsafa fanlari doktori, professor Toir Mahamatovich Mahamatov bilan ilmiy va o‘quv-pedagogik sohada faol hamkorlik qiladi.

Kafedraning ilmiy loyhasi

  • Sharq falsafasining qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni.
  • Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti.
  • Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari.
  • Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati.
  • Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili.
  • Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar.
  • Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili.
  • Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy-konseptual tahlili.
  • Abu Ali ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbehot” asaridagi borliq muammosining falsafiy tahlili.
  • Maxmud Zamahshariyning “Rabi’ al-abror” asarining falsafiy tahlili.
  • Yaponiya va O‘zbekiston xalqlari milliy identligining falsafiy-komparativistik tahlili.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom Sivilizatsiyasi Markazi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi.
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,  Ijtimoiy fanlar fakulteti.
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat transport universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi.
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi.
  • Chilonzor tumanidagi 202- o‘rta ta’lim maktabi.
  • Uchtepa tumanidagi 193- o‘rta ta’lim maktabi.
  • Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Ijtimoiy fanlar departamenti.

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

28.02.2023, 14:05 18964