Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Xalmurzayeva Nadira Tashmurzayevna
Ilmiy darajasi va unvoni: PhD, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (11:00-12:00)
Tel.: +99894 6965038
E-mail:  nodira_khalmurzayeva@tsuos.uz

“Yapon filologiyasi” kafedrasi

Yapon filologiyasi kafedrasi 1992 yilda tashkil etilgan. U nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda yapon tilini o‘qitish bo‘yicha ochilgan birinchi o‘quv maskani hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida yaponshunoslik bo‘yicha, qariyb, 2000 dan ortiq kadrlar tayyorlandi. Hozirda ushbu bitiruvchilarimiz yurtimizning Yaponiya bilan bog‘liq barcha jabhalarida faoliyat olib bormoqdalar.

Ko‘p yillar mobaynida O‘zbekistonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti  kunchiqar mamlakat – Yaponiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, xususan, yapon tilini o‘qitish masalalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda.

TDSHU O‘zbekiston va Yaponiya oliy o‘quv yurtlari professor- o‘qituvchilari ishtirokida turli xalqaro konferensiyalar tashkil etish tashabbusini ilgari surib, mamlakatlarimiz talaba, professor-o‘qituvchilari o‘rtasida axborot, ta’lim va tajriba almashish jarayonini rivojlantirishga harakat qilib kelmoqdalar.

Kafedrada CEFR chet tillarni bilish darajalari bo‘yicha B2 darajasiga ega bakalavr va C1 darajasiga ega magistr yaponshunos sharqshunoslar tayyorlanadi.

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Sharq lug‘atchilik nazariyasi va amaliyoti: tarixiy davrlari, lug‘at tuzish prinsiplari va hozirgi zamon lug‘atlari;
  • Yapon tili terminologiya tizimi: tarixiy jarayonlar, hozirgi zamon ilmiy-texnik terminlarning shakllanish va rivojlanish muammolari;
  • Yaponiyada hozirgi zamon til vaziyati: adabiy til va laxjalar; til uslublari; globalizm va o‘zaro ta’sir masalalari;
  • Yapon tili semantikasi va semasiologiyasi masalalari;
  • Yapon va o‘zbek tillarini qiyosiy tahlil qilish masalalari;
  • Ilmiy va badiiy matnlar tarjimasida nazariy va amaliy muammolarni o‘rganish;
  • Yapon tilining grammatik, sotsiolingvistik, lingovokulturologik, pragmalingvistik, kognitiv va kommunikativ aspektlarini o‘rganish.
  • Madaniyatlararo muloqot masalalarini o ‘rganish

    Kafedraning hamkor tashkilotlari

 

  • Tokio chet tillar universiteti
  • Xosey universiteti
  • Sukuba universiteti
  • Kioto universiteti
  • Sofiya universiteti
  • Vaseda universiteti
  • Fukuoka ilmiy tadqiqot madaniyat markazi
  • Osaka iqtisod va huquq universiteti
  • Aichi Kenresu universiteti
  • Kansay universiteti
  • Vakayama universiteti
  • Toyo universiteti

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

 

09.02.2023, 11:46 15533