Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

BOBURSHUNOSLIK MARKAZI

232323

 

 

 

 

 

 

Markazning vazifalari

 

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Zahiriddin Muhammad Boburning ijod namunalarini sharq va g`arb tillariga tarjima qilish va chop ettirish;

Yurtimiz va xorijda faoliyat  olib borayotgan boburshunos olimlarni hamkorlikka jalb qilish;

Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bagʼishlab suratga olingan «Yoʼlbarsning tugʼilishi» badiiy filmining taqdimotini o`tkazish;

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan xalqaro, respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va madaniy tadbirlar  o`tkazish;

Talabalar, magistrlar va doktorantlar o`rtasida «Bobur asarlarining bilimdonlari», «Boburni anglash» kabi mavzularda tanlovlar oʼtkazish va gʼoliblarni munosib taqdirlash;

TDSHU, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Temuriylar tarixi muzeyi mutaxassislari, boburshunos olimlar, tarixchilar bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish;

Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng targ`ib qilish maqsadida ilmiy-ijodiy merosiga bagʼishlangan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitoblar taqdimotlari tadbirlarini tashkil qilish va o`tkazish;

Talaba yoshlar o`rtasida bahru-bayt, mushoiralar o`tkazish;

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasiga munosib nomzodlarni aniqlash va tavsiya etish;

Zahiriddin Muhammad Boburning xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan ilmiy-ijodiy merosi u yashagan davrga oid noyob qoʼlyozma asarlarning nusxalarini Oʼzbekistonga olib kelish va tadqiq qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, monografiyalar chop ettirish;

Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Boburshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Oʻzbekistonda boburshunoslikni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

Boburshunoslikni turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

26.10.2024, 14:39 67