BOBURSHUNOSLIK MARKAZI
| Sharaxmetova Muxlisa Ansaritdinovna | ||
| Ilmiy darajasi va unvoni: | Filologiya fanlari nomzodi | |
| Lavozimi: | Markaz direktori | |
| Qabul vaqtlari: | Har kuni (11:00-13:00) | |
| Tel.: | (+99871) 233 34 24 | |
| E-mail: | sharaxmetvamuxlisa@gmail.com | |
Markazning vazifalari
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Zahiriddin Muhammad Boburning ijod namunalarini sharq va g`arb tillariga tarjima qilish va chop ettirish;
Yurtimiz va xorijda faoliyat olib borayotgan boburshunos olimlarni hamkorlikka jalb qilish;
Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bagʼishlab suratga olingan «Yoʼlbarsning tugʼilishi» badiiy filmining taqdimotini o`tkazish;
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan xalqaro, respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va madaniy tadbirlar o`tkazish;
Talabalar, magistrlar va doktorantlar o`rtasida «Bobur asarlarining bilimdonlari», «Boburni anglash» kabi mavzularda tanlovlar oʼtkazish va gʼoliblarni munosib taqdirlash;
TDSHU, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Temuriylar tarixi muzeyi mutaxassislari, boburshunos olimlar, tarixchilar bilan hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish;
Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng targ`ib qilish maqsadida ilmiy-ijodiy merosiga bagʼishlangan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitoblar taqdimotlari tadbirlarini tashkil qilish va o`tkazish;
Talaba yoshlar o`rtasida bahru-bayt, mushoiralar o`tkazish;
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasiga munosib nomzodlarni aniqlash va tavsiya etish;
Zahiriddin Muhammad Boburning xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan ilmiy-ijodiy merosi u yashagan davrga oid noyob qoʼlyozma asarlarning nusxalarini Oʼzbekistonga olib kelish va tadqiq qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, monografiyalar chop ettirish;
Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
– Boburshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;
– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
– Oʻzbekistonda boburshunoslikni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;
Boburshunoslikni turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.