Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TURKSHUNOSLIK OLIY MAKTABI

Aripov_M Aripov Makhamadjon Pulatbayevich
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi, PhD
Lavozimi: Oliy maktab boshlig’i
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 93-535-86-34
E-mail:  info@tsuos.uz

“Turk filologiyasi” kafedrasi

Mustaqillik davrida olim ta’lim sohasi oldiga butunlay yangi vazifalar va yangicha maqsadlar qo‘yildi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi ham shu vazifalarni bajarish va maqsadlarga erishish uchun jipslashib, faoliyat olib bormoqda. Birinchi navbatda sharqshunos olimlar va tadqiqotchilar oldiga milliy ma’naviy merosimizni o‘rganish, qayta tiklash va keng xalq ommasiga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Keyingi navbatda, vatanimiz qo‘shni Sharq mamlakatlarining tili va madaniy ijtimoiy hayoti, iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, urf-odatlari, an’analarini yaxshi biladigan davlatlararo iqtisodiy va huquqiy hujjatlarni tarjima qilishga qodir bo‘la oladigan sharqshunos mutaxassislarni tayyorlash vazifasi belgilandi. Turk filologiyasi kafedrasi dastlab 1990-yilda Oltoyshunoslik nomi bilan tashkil etilgan. 1991- yildan kafedra Turkiy tillar nomi bilan ataldi. 2020-yilda kafedra nomi Turk filologiyasi deb nomlandi.  Oltoyshunoslik kafedrasida uyg’ur, turk, koreys, yapon tillari o‘qitilgan. Keyinchalik, bu yo‘nalishlar mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi: turk filologiyasi, uyg’urshunoslik. Bugungi kunda Turk filologiyasi kafedrasi elimizda turkshunoslik yo‘nalishida ta’lim berayotgan va ilmiy izlanish olib borayotgan yetakchi markazdir. Kafedraga uzoq yillar akademik A.Rustamov rahbarlik qildi. 1999-yildan boshlab f.f.d., prof. Q.Sodiqov, keyinchalik f.f.d., prof. Q.Omonov, f.f.n., dots. J.Shabanov, f.f.d., prof. Z.Xudoyberganova va f.f.n, dots. U.Lafasov mudirlik qildi. 2019-yildan buyon kafedra mudiri lavozimida f.f.d., dots. P.Kenjayeva faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2022-yil sentabrdan 2023-yil fevral oyiga qadar J.Shabanov vaqtincha kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritti. 2023-yil mart oyidan hozirgi vaqtga qadar M.Aripov faoliyat yuritib kelmoqda. Oliy maktabda ta’lim ikki yo‘nalishda – bakalavrlik va magistrlik bosqichlarida olib boriladi. Ilk bosqichda turk filologiyasi (turk tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlanadi. Turkshunoslik oliy maktabining professor-o‘qituvchilari turk filologiyasi kafedrasidan tashqari, yana mumtoz sharq filologiyasi, sharq falsafasi, xorijiy mamlakatlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, jahon siyosati va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti talabalariga ham ta’lim berib kelmoqda. Turkshunoslik oliy maktabi o‘qituv faoliyatining yana bir qirrasi – universitetning  filologiya (sharq tillari) yo‘nalishlari uchun umumiy sanalgan tilshunoslik (tilshunoslikka kirish va umumiy tilshunoslik) fanlari ham kafedra yelkasida. Uyg‘ur tilini o‘qitish ham kafedraning ta’lim yo‘nalishlaridan biridir. Uyg‘ur tili turk filologiyasi, xitoy filologiyasi bo‘limlarida qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi. Shu bilan birga, oliy maktabda Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda, ozarbayjon tili ham qo‘shimcha sharq tili sifatida o‘qitiladi.

Turkology_uzb (1) Turkology_uzb (2) Turkology_uzb (3) Turkology_uzb (4) Turkology_uzb (5) Turkology_uzb (6)

Turkshunoslik oliy maktabi tadqiqotchilarining ilmiy ishlari

Tadqiqotchining F.I.Sh Tadqiqot ish mavzusi Ilmiy rahbar F.I.Sh
1 Sodiqov Qosimjon Pozilovich XI–XV asrlar uyg‘ur yozuvli turkiy yodgorliklarning grafik va fonetik xususiyatlari f.f.d., prof. G‘. Aydarov
2 Adham Alimbekov Kamalovich Узбекская литература в ее взаимосвязях с творчеством Демьяна Бедного Professor Laziz Qayumov
3 Shabanov Jumali Kazimovich Turk va o’zbek tillarida faol harakat fe’llarining semantikasi f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
4 Boqijon To’xliyev Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari va turkiy xalqlar folklori akad. A.P.Qayumov
5 Aripov Maxamadjon Pulatbaevich Turk tilidagi tilak, olqish va duolarning lingvomadaniy va lingvopoetik xususiyatlari f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
6 Alimuxamedov Rixsitilla Abdurashidovich Qadimgi turk-moniy adabiyoti manbalari f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
7 Maryam Eshmuhammedova Malikovna “Devoni hikmat”qo‘lyozmalari f.f.d, prof. Akad. Alibek Rustamov
8 Kenjayeva Poshshajon Umidovna XX asr turk hikoyachiligining taraqqiyot tamoyillari f.f.d., akademik N.Karimov
9 Urak Pazilovich Lafasov Abdulla Qodiriy romanlari lingvopoetikasi f.f.d, akademik G‘ani Abdurahmonov.
10 Çetin Yıldız Kazan Tatar Türklerinin Mitolojisi Prof. Dr. İbrahim Dilek
11 Yo’ldoshev Taboshir Qodirovich O’zbek tili tarixidagi islom shariatiga oid so’z va atamalarning lingvistik tahlili f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
12 Aminova Lolaxon Alimovna 2000 yillar turk hikoyachiligining yangilanish tamoyillari f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva
13 Tashaliyeva Sarvara Irisaliyevna Turk tilida rang bildiruvchi sifatlar: semantika va stilistika masalalari f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
14 Kayumova Mehriniso Miraxmatovna Haldun Taner dramalarining poetikasi (50-60 yillar misolida) f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva
15 Abdullayeva Nurjahon Choriyevna Gʻarb tillaridan kirgan soʻzlarga muqobil ifodalar topish va ularni tilning lugʻat boyligiga kiritish masalasi oʻzbek va turk tillari misolida f.f.n., prof. Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna
16 Sabirova Zuxra Shokirovna Turk va o‘zbek  madaniyatida qarindoshlik atamalarining murojaat shakli sifatida ifodalanishi f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov
17 Sadikova Shirin Baxtiyorovna O‘zbek tilida hurmat ma’nosining ifodalanish usullari professor Karim Nazarov
18 Xudiyeva Mətanət Mirzaxan kızı S.Vasilyev əsərləri Azərbaycan tərcümələrində f.f.d., prof. N.Mamedov
19 Salimova Zebo Rustam qizi Turk va o‘zbek tillarida zoomorf hamda fitomorf komparativ birliklarda inson obrazining ifodalanishi f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov
20 Gisarov Farxad Marufovıch Uyg‘ur tilidagi dorivor o‘simliklar nomlarining leksik-semantik tahlili f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov
21 Tsoy Nadejda Alekseyevna RUS-İRAN ILIŞKILERININ DÖNÜŞÜMÜ: İRAN’IN ANALIZI – RUSYA’NIN BATI YAPTIRIMLARININ ORTASINDA HAYATTA KALMASINA YARDIMCI OLMA ROLÜ Prof.Dr.Mesut ÖZCAN
22 Altinboyev Nuriddin Abdumannonovich Turk maqollarida “oila” konseptining lingvomadaniy tadqiqi f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov
23 To‘lagonova Shahnoza Abdumajidovna Qadimgi turkiy tilda kechgan stereotip birliklar: semantika va stilistika masalalari f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
24 Xolboboyeva Nilufar Baxtiyor qizi “Xolis Devoni”nining tekstologik tadqiqi f.f.d., prof. Q.P.Sodiqov
25 Xoshimov Akmal Sadillayevich Yoqub Qodri Qorausmon o‘g‘li “Yaban” romanida o‘zlashgan so‘zlarning leksik-semantik tahlili f.f.d., prof, P.U.Kenjayeva
26 Amirova Nigoraxon Saidg’ani qizi Turk lisoniy manzarasida ko’ruv sezgisi modellari f.f.d., prof. X.Islamdjanova
27 Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich Turk tilida yordamchi fe’llar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi f.f.n., dotsent J.K.Shabanov
28 Jurakulov Kuvonchbek Naim o’g’li A.L.Qozonchi asarlari tarjimasida muallif uslubining saqlab qolinishi PhDs., dotsent M.Qayumova
29 Jo’rayev Shohruh-Mirzo Temir o’g’li “Devoni lug‘atit-turk” va “Qutadg ‘u bilig”dagi peyzaj tasvirining qiyosiy-tipologik tahlili f.f.d., professor B.To’xliyev
30 Karimova Shaxnoza Shuxrat qizi Namiq Kamol dramalari poetasikasi f.f.d., professor A.Alimbekov
31 Altundag Mokhigul Jamoldin qizi Adabiyotshunoslik terminologiyasida ekvivalentlik muammolari (o‘zbekcha-turkcha terminlar asosida) f.f.n., dotsent D.A.Xatamova
32 Usmanova Nodira Lutfullayevna Turk tilida dori vositalari bilan bog’liq birliklarning leksik va semantik tahlili f.f.d., prof, Q.Sh.Omonov
33 Shorasulova Arofat Ibroxim qizi Turk va o‘zbek tillarida “vaqt” konseptining lingvomadaniy talqini f.f.n., dotsent Sh.S. Baxtiyorovna
34 Tojiyeva Afro’za Baxtiyorovna Umar Sayfiddin hikoyalari tarjimasida tasvir va ifoda vositalari talqini PhDs., dotsent M.Qayumova
35 Abduğofurova Durdona Muzaffar qizi Turk va O’zbek tilida raqamlar va ulardagi ramziy ma’nolar Phd. Aripov Mahammadjon Po’latbayevich

Oliy maktabning hamkor tashkilotlari

  • O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  • TDSHU qoshidagi Xorijiy tillar akademik litseyi
  • O’zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
  • O’zbekiston Respublikasi FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi.
  • O’zbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
  • Turkiya – Anqara Hoji Bayram Vali universiteti
  • Turkiya – Anqara Gazi universiteti
  • Turkiya – Marmara universiteti
  • Turkiya – Istanbul universiteti
  • Turkiya – Hajettepe universiteti
  • Turkiya – Anqara universiteti
  • Turkiya – Otaturk universiteti
  • Turkiya – Karabuk Universiteti
  • Turkiya – Turk Dil Kurumu

Oliy maktabning faoliyati boyicha fotolavhalar

23.11.2024, 11:57 439