Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Korrupsiyaga qarshi kurash

 241A22311

2024-yil 11-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

241A22312

Ushbu davra suhbatiga Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining Toshkent shahar bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.M.Boyturayev tashrif buyurdi.

241A22491

Suhbat jarayonida korrupsiya va uning oqibatlari, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy islohotlar hamda korrupsion xatti-harakatlar uchun qonunda belgilangan javobgarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

241A22492

Shuningdek, tadbir so’nggida “Yoshlar korrupsiyaga “yo’q”, deydi” shiori ostida o’tkazilgan tanlov g’oliblari ham taqdirlandi.

241A22493

 Video havola

 

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari oʻrtasida “Korrupsiyadan holi taʼlim muassasasi” mavzusida “ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR” koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda.

photo_2024-11-21_16-20-00

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.

Videoroliklarni baholash mezonlari:
– gʻoyaning originalligi va dolzarbligi;
– mavzuga mosligi;
– gʻoyaning yangiligi va antiqaligi.
Ijodiy ish baholanishi jarayonida musiqali fon, video effektlardan foydalanilganligi, kreativlik, ishning uslubiy jihatdan oʻziga xosligi, badiiy va texnik darajasi, efirga uzatish imkoniyati ham inobatga olinadi.

🗣Tanlov uchun videomateriallar 2024-yil 27-noyabrgacha (shu kuni ham) @ostonov_x telegram messenjeri orqali qabul qilinadi.

Aziz talabalar, tanlovda faol bo‘ling va o‘z iqtidoringizni namoyon eting.

photo_2024-09-27_16-19-44 photo_2024-09-27_16-19-45 photo_2024-09-27_16-19-46 photo_2024-09-27_16-19-47

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi talaba-yoshlar orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” challengeni o‘tkazmoqda.

Siz ham challengeda faol ishtirok eting!!

 

 

TDSHU Rektorining 2021-yil 2-iyuldagi 214-son buyrug‘iga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi” tashkil etildi. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Korrupsiya– universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
– universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
– universitetda korrupsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli
muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
– universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya tehnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
– universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularni kamaytirish
yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish.

 

Korrupsiya file

 

Untitled.FR12 - 0001 Untitled.FR12 - 0002 Untitled.FR12 - 0003 Untitled.FR12 - 0004

2024

 

12.12.2024, 15:33 547