O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva xotirasiga bag‘ishlangan VII “Yosh navoiyshunoslar” anjumani bo‘lib o‘tdi
2026-yil 7-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, professor Suyima G‘aniyeva xotirasiga bag‘ishlab an’anaviy VII “Yosh navoiyshunoslar” anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Aftondil Erkinov, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i Salimaxon Eshonova, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori Gulabza Qarshiyeva, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Abdumurod Tilovov hamda O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘lim boshlig‘i Elmira Hazratqulova tomonidan ilmiy ma’ruzalar qilindi.
Anjuman davomida Navoiyshunoslik sohasidagi dolzarb ilmiy masalalar muhokama qilinib, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, Navoiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Navoiy merosi, uning qo‘lyozma manbalardagi talqini, adabiy-badiiy yondashuvlar hamda zamonaviy navoiyshunoslik tadqiqotlari yuzasidan bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar taqdim etildi. Shuningdek, anjuman doirasida sho‘balarga bo‘lingan holda ilmiy sessiyalar tashkil etildi.









