Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ruscha sinxron tarjima terminlarining o‘zbekcha izohli lug‘ati” nashrdan chiqdi

20.01.2020, 21:21 Yangiliklar 3022

2020-yil 20-yanvar kuni ToshDSHI “Tarjimashunoslik” kafedrasi mudiri Xayrulla Hamidov va kafedra o‘qituvchisi Shaxzoda Hasanovalarning “Ruscha sinxron tarjima terminlarining o‘zbekcha izohli lug‘ati” (Nodirabegim nashriyoti. − T., 2020. − 184 b.) nashrdan chiqdi. Kitobga filol.f.d., prof. Abdurahim Mannonov mas’ul muharrirlik qilgan va so‘zboshi yozgan (Taqrizchilar: filol.f.d., prof. Qudratulla Omonov va filol.f.n., dots. Ergash Ochilov).Ushbu lug‘atda sinxron va ketma-ket tarjima sohasiga oid ruscha terminlar o‘zbekcha muqobillari va izohlari bilan berilgan. 1000 dan ortiq soha terminlarini o‘z ichiga olgan lug‘atdan sof sinxron tarjima terminlaridan tashqari, ketma-ket tarjima, shuningdek, tarjimashunoslik sohasiga oid boshqa terminlar ham o‘rin olgan. Lug‘atdan “Sinxron tarjima” va “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” mutaxassisligi magistrantlari, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida sinxron tarjima sirlarini o‘rganayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.