Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

SHOISLOM SHOMUHAMEDOV NOMIDAGI SHARQ XALQLARI ADABIYOTI ILMIY MARKAZI

1 Markaz direktori MUXIDDINOVA DILAFRUZ ZOXRIDDINOVNA
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Tel: +998 99 829-11-80
e-mail: dilafruz_muxiddinova@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

 

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ilmiy-tadqiqot olib borish bo‘yicha:

– Sharq xalqlarining (arab, fors, afg‘on (dariy, pashtu), hind, urdu, xitoy, yapon, koreys, turk, malay, indonez, vetnam) adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

– Sharq xalqlari adabiyotshunosligi, har bir sharq xalqlari adabiyotidagi nazariyalar, adabiyotshunoslarning nazariy qarashlari o‘rganish;

  • Sharq xalqlari folklorini tadqiq qilish, folklorshunoslik nazariyasini o‘rganish, har bir sharq xalqlarining folklor janrlarini qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni olib borish;

– Mumtoz davr Sharq xalqlari adabiyotini, rivojlanish bosqichlarini, mumtoz davrning Yetuk adiblarining ijodini, adabiy merosini, asarlarini tadqiq qilish;

– Yangi davr (XIX-XX asr) sharq xalqlari adabiyotini, taraqqiyot bosqichlari, bu davrning mashhur adiblarining ijodi, asarlarini tadqiq qilish va asarlarini tarjima qilish;

  • Zamonaviy (XXI asr) sharq xalqlari adabiyotini, zamonaviy davr adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillarini, zamonaviy adiblarning ijodi va asarlarini tadqiq qilish;
  • Qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishida sharq xalqlari adabiyoti va adiblari bilan o‘zbek, rus, ingliz va boshqa xalqlar adabiyoti va adiblari bilan qiyosiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • Sharq xalqlari adabiyotshunosligi bo‘yicha terminlarni tadqiq qilish, sharq tillarida izohli adabiyotshunoslikka oid lug‘atlarni yaratish;

– Sharq xalqlari adabiyotining dolzarb masalalari  bo‘yicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish;

–  Sharq xalqlarining (arab, fors, afg‘on (dariy, pashtu), hind, urdu, xitoy, yapon, koreys, turk, malay, indonez, vetnam) adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ichki loyihalar, davlat grantlarini yutib olish uchun loyihalar tayyorlash va olib borish;

  • Ilmiy tadqiqotlar doirasida monografiyalar tayyorlash, muhokama qilish va nashrga tavsiya etish;

o‘quv ishlari bo‘yicha:

  • Sharq xalqlari (arab, fors, afg‘on (dariy, pashtu), hind, urdu, xitoy, yapon, koreys, turk, malay, indonez, vetnam) adabiyoti tarixi, rivojlanish bosqichlari bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichlari uchun o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanma, darslik, xrestomatiyalar yaratish va ularni markazda muxokama qilish va nashrga tavsiya etish;

– Badiiy asarlarining adabiyotshunoslik tadqiqi va ilmiy tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik o‘quv rejalaridagi til, adabiyot, tarix va falsafa bilan bog‘liq kurslar o‘quv dasturlariga badiiy adabiyot mazmun-mohiyatini singdirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy adabiyotlarni jalb qilishni tashkillashtirish;
  • O‘quv adabiyotlari yaratilishida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishni yo‘lga qo‘yish;

tashkiliy ishlar bo‘yicha:

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va sharq xalqlari adabiyotiga bag‘ishlangan turli ilmiy xalqaro va respublika anjumanlari tashkil etish orqali o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan sharq xalqlari adabiyoti va ularni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʻminlash;

  • 00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) va 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va trajimashunoslik (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilar, 70230502 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari) yo‘nalishi bo‘yicha magistrantlarning ilmiy dissertatsiya mavzulari, hamda sharq xalqlari adabiyoti bo‘yicha bitiruv malakaviy ish mavzularini muxokama qilish va tasdiqlash;
  • 00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) va 10.00.06 – Qiyosiy adjabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va trajimashunoslik (adabiyotshunoslik yo‘nalishi) ixtisosligi bo‘yicha doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va erkin tadqiqotchilar ilmiy daraja olish uchun yozilayotgan  dissertatsiyalarni bobma-bob muxokamalardan o‘tkazish va bayonnomalar asosida ko‘chirma  va hisobotlar berish,
  • 70230502 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari) yo‘nalishi bo‘yicha magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarining, sharq xalqlari adabiyoti bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlarning dastlabki muxokamalardan o‘tkazish va himoya jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish va markaz bayonnomalar asosida ko‘chirma  va hisobotlar berish;
  • Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Sharq adiblarining eng mashhur asarlarini o‘zbek tiliga o‘girish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

– Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan adabiyotshunoslik bo‘yicha Yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish.

– Sharq xalqlarining adabiyoti, sharq tillaridagi adabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar va badiiy asarlarni tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxasislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish.

06.11.2024, 15:08 50