Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda turizmni rivojlantirish borasida bir qator anglashuv memorandumlari imzolandi

07.05.2023, 12:05 Yangiliklar 1155

2023-yil 26-aprel sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo’shimcha chora tadbir to’g’risida”gi PQ-135-sonli qarorni imzoladi.

Ushbu qarorda alohida band bilan mamlakatda turizmni rivojlantirishda kadrlar siyosatiga asosiy e’tiborni qaratish hamda oliygohlarda tahsil olayotgan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, turizm xizmat ko‘rsatish sohasida ularni ish bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar orqali hududlarning turistik potensialini yuzaga chiqarish muhim vazifa qilib belgilandi.

Shu munosabat bilan, 2023- yil 6- may sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Turizm investorlari uyushmasi (Tourism investors’ association), shuningdek O‘zbek-Xitoy Turizmni rivojlantirish uyushmasi va O‘zbek-Hind turizm uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumlari imzolandi.

photo_2023-05-07_11-54-26

photo_2023-05-07_11-54-29

photo_2023-05-07_11-54-34

TDSHU o‘z o’rnida mazkur hamkorlik doirasida hududlarning turizm salohiyatini o‘rganish, hudud va uning tarixi, turistik obektlari va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida turli tillarda kontentlar yaratish, ularni targ‘ibot qilish hamda turpaketlar yaratishda yordam ko‘rsatish; nazariy bilim va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlagan holda professor-o‘qituvchilarning izlanishlari, talabalarning turizm sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish; hududlardagi aholi tomonidan turizm xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda kadrlarning malakasini oshirishda ko‘maklashish borasida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

photo_2023-05-07_11-54-38