Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Til ta’limi va konsalting markazi

Davlatov Davlatov Zoirjon Zokiraliyevich
Lavozimi: Markaz direktori
Qabul vaqtlari: Dushanba, chorshanba, juma (14:00-16:00)
Tel.: +99899 834 6503
E-mail: dzoirjon@mail.ru

TIL TA’LIMI VA KONSALTING MARKAZI

 Kasbiy ta’lim tadbirlari

 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Til ta’limi va konsalting markazi mamlakatdagi ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari va keng jamoatchilik vakillari uchun pullik asosdagi qisqa muddatli ta’lim dasturlari va malaka oshirish kurslarini tashkil etib keladi.

Til ta’limi va konsalting markazi xorijiy sharq (arab, fors, turk, xitoy, koreys, yapon) va g‘arb (ingliz, nemis, fransuz) tillari kurslariga barcha xoxlovchilarni taklif qiladi.

Ta’lim davomiyligi tinglovchilarning tayyorgarlik darajasi va tilning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 3 oydan 20 oygacha davom etadi. Mashg‘ulotlar kichik guruhlarda tinglovchilarga qulay vaqtda tashkil qilinadi.

Ikki yillik (20 oy) kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga tarjimonlik xuquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Markaz 30 yillik ish tajribasiga ega bo‘lib, bu yerda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi. Tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar video va audio manbalar, lug‘atlar uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mavjud o‘quv dasturlarning barchasi TDSHUning o‘quv–uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Markazning faoliyati nafaqat universitet talabalari, balki universitetda o‘qimaydigan insonlar uchun ham ochiq bo‘lib, ularga xorijiy tillarni o‘rganish, tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasbiy malakasini oshirish yoki yangi kasbiy yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlanish imkonini beradi.

Markazning asosiy vazifalari:

– tegishli sohalar kadrlarining malakasini oshirish hamda  ularni mos va turdosh yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlash;

– tegishli sohalar kadrlarining nazariy, amaliy, ilmiy va metodik ma’lumotlarga ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning xorijiy tajribalar asosidagi ilg‘or shakl va usullarini joriy etish;

– tegishli ta’lim  yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy talablarga moslashuvchan o‘quv rejalarini shakllantirish, muntazam takomillashtirib borish, qayta ko‘rib chiqish, fan dasturlari tarkibiga multimediyali zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni kiritish;

– tegishli sohalar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan kafedra va auditoriyalar bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish, xorijiy mutaxassislarning bevosita xorijiy tillarda ko‘chma va masofaviy mashg‘ulotlarini tashkil etish;

– malaka oshirish va qayta tayyorlashning masofaviy usullari asosida tashkil etiladigan kurslarining onlayn ta’lim platformalarini tuzish, tegishli o‘quv-metodik resurslar bilan ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlarining aralash (ham onlayn va ham offlayn shakllarni birga qo‘llash) shakllarida tashkil etish;

– buyurtmachi tashkilotlarning takliflari asosida, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlarini tegishli shakl va mazmunda takomillashtirib borish;

– ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan mablag‘lar topishning boshqa imkoniyatlarini izlash;

– maktabga va maktabgacha ta’lim muassasalariga tayyorlash (yozish va o‘qishni o‘rgatish, tasviriy san’at, matematika va boshqa fanlardan ilk saboqlar kurslari);

– o‘zbek hamda xorijiy tillarni (arab, fors, dariy, pushtu, turk, uyg‘ur, hindiy, urdu, xitoy, koreys, yapon, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan  tillari) turli yo‘nalishlarda o‘rgatish;

-xorijiy sharq tillarini mustaqil o‘rganganlarning bilim darajasini  CEFR imtihonlari orqali tekshirish va imtihon talablariga javob berganlarga tegishli imtiyozlar beruvchi davlat namunasidagi sertifikatlar berish;

– o‘zbek va xorijiy tillardan og‘zaki, yozma, sinxron va ketma-ket  tarjimonlik xizmatlari, shu jumladan, legalizatsiya va apostil hujjatlari uchun yozma tarjimalar xizmatlari ko‘rsatish;

– o‘zbek va xorijiy tillardan og‘zaki, yozma, sinxron va ketma-ket  tarjimalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;

– umumta’lim va boshqa maxsus fanlar bo‘yicha qo‘shimcha darslar  tashkil qilish va o‘tkazish;

– oliy ta’lim muassasalariga kiruvchi abiturentlar uchun davlat ta’lim muassasalari (maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlar)ning fan dasturlari asosida turli xil shakllarda  tayyorlov kurslari tashkil etish;

– talabgorlarni xorijiy tillarni bilish bo‘yicha xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini (IELTS, TOEFL, JLPT, DSD, DELF, HSK, SAT, GMAT, GRE va boshqalar) olish uchun o‘qitish va tayyorlash;

– yuridik va jismoniy shaxslardan talablar asosida notiqlik san’atiga kurslarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

-kompyuter savodxonligi, biznes-rejalar va startap loyihalari tuzishga doir kurslar tashkil qilish;

– xorijiy sharq tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokamasiga qaratilgan seminarlar tashkil qilish;

– jismoniy va yuridik shaxslarga psixologik xizmatlar ko‘rsatish;

– jismoniy va yuridik shaxslarga ta’lim bilan bog‘liq barcha sohalarga oid konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

– sport to‘garaklarini tashkil etish;

– o‘quv qo‘llanmalar, gazeta va jurnallar chop etish;

– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan) bilan shug‘ullanish

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yilning 27-fevralidagi “Oliy ta’lim muassalarida tashkil etilgan tayyorlov kurslari faoliyatini takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 196-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til ta’limi va konsalting markazi qoshida 2018-yil 1-martdan Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tayyorlov kurslarida umumta’lim fanlaridan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Darslar kichik guruxlarda tasdiqlangan jadval asosida haftada 3 marta 1,5 soatdan tinglovchilar uchun qulay vaqtda olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarorida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharq tillari o‘qitiladigan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish vazifasi berilgan. Hozirgi kunda ushbu qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari Til ta’limi va konsalting markazi negizida faoliyat yuritmoqda.

Kurslar quyidagi ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan:

Filologiya va tillarni o‘qitish: arab, fors, turk, koreys, xitoy, yapon va Janubiy Osiyo tillari hamda Adabiyotshunoslik (sharq tillari).

Markazning til o‘rganish bo‘limi tinglovchilari uchun Markazda o‘qish uchun o‘quv kurslari muddatlari kunduzgi va kechki shaklda uch, besh, olti va o‘n oy etib belgilanadi. Taraflar  kelishuviga ko‘ra ushbu muddatlar o‘zgartirilishi mumkin. Umumiy tartibda kamida olti nafar tinglovchidan iborat bo‘lgan guruhlarda o‘quv darslari haftaning uch kunida olib boriladi va taraflarning kelishuvi asosida ikki yoki uch juft akademik soatlarda o‘tkaziladi.

Shuningdek, markaz tomonidan mehnat bozori talablari va shaxsiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yangi kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan kasbiy ta’lim dasturlari muntazam o‘tkazilib boriladi.

Barcha kurslar ochiq va pullik asosda amalga oshiriladi hamda yakunida malaka yoki ishtirok sertifikati taqdim etiladi.

 

https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2016/11/Til_Kurslari_narxlari.pdf

 

Batafsil ma’lumot uchun:

+99899 834 65 03;

Bizning manzil: Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy;

Mo’ljal: “Oybek” metro bekati;

Transport: 98, 58, 55, 67, 38.

18.10.2025, 16:16 17274