Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda sharqshunoslik sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish borasida keng qamrovli faoliyat olib borilmoqda. Universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyati ixtisoslashgan kafedralar, ilmiy-tadqiqot guruhlari, olimlar kengashlari, tayanch doktorantura va doktorantura tizimi hamda ilmiy nashrlarni chop etish orqali amalga oshiriladi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida respublika soha va hududlar talab va ehtiyojlaridan, ijtimoiy va fan muammolaridan kelib chiqqan holda, fundamental hamda amaliyotga tatbiq etiladigan, yuqori salohiyatli, raqobatbardosh, jahon andozalariga mos keladigan ustuvor yo‘nalishlarda; ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotda muhim omil bo‘lgan bozor munosabatlariga o‘tish, huquqiy davlat tizimini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlar o‘tkazish, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni kengaytirish siyosatidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish va ular asosida izlanishlar olib borishni va yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsad qilib qo‘yilgan.
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING
USTUVOR ILMIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI
- Xorijiy Sharq mamlakatlari tillarini o‘rganish va tilshunoslikning nazariy
masalalari - Xorijiy Sharq mamlakatlari adabiyoti, adabiyotshunosligining dolzarb masalalari
Adabiy manbashunoslik, matnshunoslik: sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish masalalari - Tarjimashunoslik, badiiy tarjima tili va tarjima nazariyasi
- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va lingvokulturologiyaning
dolzarb masalalari - Mumtoz adabiyot namunalarini tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik va
manbashunoslik jihatidan tadqiq etish - Xorijiy mamlakatlar tarixi, tarixshunosligi va tarixiy manbashunosligi
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, tarixshunosligi va tarixiy manbashunosligi
- Sharq falsafasi axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodi, iqtisodiy aloqalarning nazariy va amaliy masalalari
- Sharq mamlakatlarida kechayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari
- Xalqaro munosabatlar, xalqaro tizimlar va jahon taraqqiyotining siyosiy muammolari