Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YAQIN SHARQNI O‘RGANISH ILMIY-TADQIQOT VA TAHLIL MARKAZI

 10 Markaz direktori AZIMOV KAMIL SARVAROVICh
Qabul vaqti: Haftaning seshanba va chorshanba kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha
Tel: +998931803443
e-mail: kamil_azimov@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
  • Yaqin Sharqni o‘rganish ilmiy-tadqiqot va tahlil markazi fanlararo va mintaqaviy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan markaz bo‘lib u Yaqin Sharq mintaqasidagi Arabiston yarim oroli, Eron, Iroq, Isroil, Livan, Shimoliy Afrika, Falastin hududlari va Turkiya tarixining turli davrlari va zamonaviy rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha ixtisoslashgan tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil qilingan.
  • Arabiston yarim oroli, Eron, Iroq, Isroil, Livan, Shimoliy Afrika, Falastin hududlari va Turkiyaning qadimgi va o‘rta asrlar hamda mustamlakachilik davri tarixini, mintaqa xalqlarining antropologiyasi, zamonaviy ijtimoiy-siyosiy rivojlanish jarayonlari, ichki va tashqi siyosatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
  • Yaqin Sharq mintaqasi xalqlari tarixiga oid arab, turk, fors va g‘arb tillarida e’lon qilinayotgan so‘nggi ilmiy tadqiqot va tahliliy materiallarni kuzatib borish, ularni tanqidiy tahlil qilib ular asosida shakllangan xulosalarni keng jamoatchilikka taqdim qilish;
  • Yaqin Sharq mintaqasida kuzatilayotgan keskinliklar va ijtimoiy siyosiy inqirozlar to‘g‘risida, birlamchi manbalar asosida xolis va chuqur ilmiy asoslangan tahliliy materiallar tayyorlab uni keng jamoatchilikka OAV orqali yetikazib borishda ishtirok etish, ilmiy va ilmiy ommabop jurnallarda maqolalar e’lon qilish, monografiyalar tayyorlab nashr qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot va tahlil markazining har chorakda bir marotaba nashr qilinadigan byulletenini tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • Yaqin Sharq mintaqasini tadqiq qilish bilan shug‘ullanayotgan mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
  • Yaqin Sharq mintaqasining rivojlanish xususiyatlariga bag‘ishlangan dolzarb mavzularda turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish;
  • Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan Yaqin Sharq mintaqasining rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish;
  • Yaqin Sharq mintaqasi xalqlarining tarixi va zamonaviy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq va tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxasislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
  • Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovasion loyihalar ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish.
  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
  • Yaqin Sharq mamlakatlari tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;
  • Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini kenga jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy ma’ruzalar tayyorlaydi;
  • Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘quv kurslarini, o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
  • Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;
  • Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;
  • Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari tarixining turli masalalari bo‘yicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;
  • Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi, falsafasiga oid manbalarni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targ‘ib etadi;
  • Sharq madaniyati va merosining turli yo‘nalishlari bo‘yicha materiallar tayyorlaydi.

05.11.2024, 11:46 40