Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

11 Khodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevna
Lavozimi: Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqtlari: Seshanba va juma kunlari (14:00-17:00)
Tel: +99871 233-29-85
E-mail: dilshoda_xodjimuratova@tsuos.uz

Xalqaro hamkorlik bo‘limi haqida

Xalqaro hamkorlik bo‘limning asosiy faoliyati Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xorijiy mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalar, ta’lim markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’limning rivojlantirishga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponiyaning Sukuba universiteti, Tokio chet tillari universiteti, Rissho universiteti, Kioto chet tillari universiteti, Xosey universiteti va Toyo universiteti, Tokio Gogaku Gakko yapon tili maktabi, Koreya Respublikasining Xanshin universiteti, Xankuk chet tillari universiteti, Kyung-Xi universiteti, Pukyongi universiteti, Kyungdong universiteti, Kyungpuk milliy universiteti va Koreya Foundation jamg‘armasi, Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou universiteti, Shanxay universiteti, Liaoning normal, Northwest (Shimoli-g‘arbiy) universiteti, Pekin til va madaniyat universiteti hamda Xitoy-Xorijiy til almashinuvi va hamkorlik markazi, Turkiyaning Istanbul universiteti, Otaturk universiteti, Karabuk universiteti, Aksaray universiteti, Balikisir universiteti, Ege universiteti, Vengriya Respublikasining Etvosh Lorand universiteti, Szeged universiteti, Karoli Gaspar universiteti, Niderlandiyaning Leiden universiteti, Hindistonning G‘olib instituti, Vetnamning Xanoy davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat universiteti, Fransiyaning Parij Sharq tillari va sivilizatsiyasi instituti, Buyuk Britaniyaning Lankashir markaziy universiteti, Saudiya Arabistonining Podshoh Saud universiteti, “RASANAH” Eronshunoslik xalqaro tadqiqotlar instituti, Misr arab Respublikasining Helvan universiteti, Iskandariya universiteti, Eron Islom Respublikasining Tehron universiteti, Alloma Tabataboiy universiteti kabi 152 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

TDSHU xorijiy oliy o‘quv muassasalari bilan professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar almashinuvi, ilmiy konferensiya, seminar va forumlar o‘tkazish hamda xalqaro ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, jamoat tashkilotlari hamda do‘stlik jamiyatlari bilan ta’lim, ilm-fan va madaniyat yo‘nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Buni yaqqol misoli sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Koreya Respublikasining KOICA, Yaponiyaning JICE, JISA, Misr madaniyat markazi, Lal Baxodur Shastri nomidagi hind madaniyat markazi, Turkiyaning TIKA va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin. Sharq tillari, adabiyoti, tarixi va madaniyatini o‘rganishni targ‘ib qilish, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilash va ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida Xalqaro aloqalar bo‘limi hamrohligida universitetimizda bir nechta markaz tashkil etildi:

  • Konfutsiy nomli o‘zbek-xitoy instituti, 2005-yil mayda;
  • Sukuba universitetining Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot markazi, 2006-yil sentabrda;
  • Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazi, 2007-yil aprelda;
  • O‘zbek va Pokiston hamdo‘slik markazi, 2009-yil mayda;
  • Vetnam tili va madaniyati markazi, 2012-yil noyabrda;
  • Indonez tili vа mаdаniyati mаrkаzi, 2013-yil mаrtdа;
  • Koreyashunoslik mаrkаzi, 2013-yil аpreldа;
  • “Global Japan Office” markazi, 2023- yil 14-martda;
  • Malay tili va madaniyati markazi, 2023- yil 26- mayda;
  • Koreyashunoslik o‘quv va ilmiy markazi, 2023- yil 29- noyabrda.

Har yili Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Eron, Misr, Malayziya, Singapur, Hindiston, Pokiston kabi davlatlardan taklif etilgan malakali professor-o‘qituvchilar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda TDSHU qoshidagi akademik litsey va Konfusiy institutida o‘rganilayotgan davlat tili, adabiyoti va iqtisodiyotidan dars berib kelmoqdalar. Shu bilan birga, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya, Misr, Ozarbayjon singari davlatlarning fuqarolari bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

TDSHUning ko‘plab professor-o‘qituvchilari har yili muntazam ravishda Osiyo, Yevropa hamda boshqa mintaqa davlatlarida o‘tkaziladigan tilshunoslik, sharqshunoslik, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, tarix, mintaqashunoslik muammolariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbek sharqshunoslik fani yutuqlari va muvaffaqiyatlarini targ‘ib-tashviq qilib, tajriba almashib kelmoqda.

Shu bilan bir qatorda TDSHU universitetda yuqori baholarga o‘qiydigan, jamoat ishlarida faol qatnashadigan, xulqi namunali talabalar hukumatlararo, institutlararo hamkorlik bitimlarga asosan xorijdagi oliy ta’lim muassasalarida uzoq va qisqa muddatli stajirovka o‘tab kelmoqda. 2023 yilda 100 nafardan ortiq TDSHU professor-o‘qituvchilari, doktarant va talabalari Bruney sultonligi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Indoneziya, Eron, Malayziya, Turkiya, Pokiston va Hindistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ta’lim markazlariga qisqa va uzoq muddatli stajirovkaga yuborildi. Universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

12.01.2024, 10:22 6402