Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

19.10.2020, 10:21 Konferensiya 4902

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Axborot xati

2020-yil 21-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy, madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya tashkilotchilari: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va TDSHU qoshidagi Konfutsiy nomli O‘zbek-Xitoy instituti.

Konferensiyaning maqsad va vazifalari:
        O‘zbekiston va Xitoyda fan va ta’lim tizimida innovatsiyalar va yangi ishlanmalar sohasida tajriba almashish.
Filologiya, falsafa, tarix, iqtisodiyot, sotsiologiya, lingvokulturologiya, sinologiya sohalarida tarjima nazariyasi va amaliyoti muammolari bo’yicha fikr almashish;
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy sohada xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirishga zamin yaratish; O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi istiqbolli aloqalarni o‘rganish, bu boradagi amaliy takliflar kiritish;
Sinologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, yosh olimlarning malakasini oshirish;
Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlik sohasidagi ilmiy mavzularni, shuningdek xalqaro miqyosdagi yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha takliflar kiritish;

Anjuman quyidagi bo‘limlarda o‘tkaziladi:
1. Tilshunoslik va o‘qitishning innovatsion usullari.
2. Tarix, falsafa va madaniyat.
3. Tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik va manbashunoslik.
4. Iqtisodiyot sohadagi munosabatlarning yangi istiqbollari.

Anjuman o‘tkazish tartibi:
21-noyabr, 2020 yil 09:00 – ro‘yxatdan o’tish
2020 yil 21-noyabr, soat 10:00 – rasmiy ochilish
21-noyabr, 2020 yil 12:00 – ma‘ruzalar taqdimoti va munozara
21 noyabr, 2020 yil 17:00 – konferentsiya yakuni bo‘yicha xulosalar, sertifikatlar taqdimi va konferensiyaning yopilishi.

Anjuman shakli: yuzma-yuz

Konferensiyada ishtirok etish shakli: yalpi, sektsion, video-audio taqdimot, munozarada ishtirok etish.

Konferensiyada ishtirok etish shartlari:
Anjumanda ishtirok etish uchun 2020 yil 10 sentyabrgacha quyidagi ma’lumotlarni elektron pochta orqali tashkiliy qo‘mitaga yuborishingiz lozim:
1. Talabnoma (1-ilova shaklida). Ilovani o‘z ichiga olgan hujjat quyidagicha saqlanadi: familiyasi, ismi-shariflari (ilova) .doc.
2. 9×14 hajmdagi rasm jpg formatida: familiya, ismi-sharifingiz. Jpg
3. Taqdimot (2-ilova talablariga muvofiq tayyorlangan) – maqolani o‘z ichiga olgan hujjat quyidagicha saqlanadi: familiyasi, ismi, otasining ismi (maqola) .doc.
4. Video taqdimot (5-10 daqiqa davom etadi) – hisobotning asosiy mazmunini taqdim etish; quyidagicha shakllanadi: familiyasi, ismi-shariflari (video reportaj) .mp4

Ma’ruzalar tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab olinadi; ma’ruza mualliflari konferentsiyada ma’ruzachilar sifatida qatnashishlari to‘g‘risida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
          Konferensiya qatnashchilari ikkita sertifikat olishlari mumkin: ma’ruza uchun va konferensiya materiallari muhokamasida faol ishtirok etganlik uchun.
          Anjuman olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus, xitoy va ingliz tillari.
To‘plamning elektron nashr etilishi 2020 yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan.
Nashr bepul.
         Tashkiliy qo‘mitaning manzili: Toshkent sh. A. Temur, 26. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Xitoyshunoslik fakulteti, xitoy tili va adabiyoti kafedrasi.
         Murojaat uchun telefonlar: +99893 543 31 84
         elektron pochta: conferencechinauzbek@gmail.com

1-ILOVA

Elektron xat mavzusida quyidagilarni ko‘rsating: “Konferensiya”.
“O‘zbekiston-Xitoy yangi bosqichda: madaniy, tarixiy, ilmiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun ariza.
                                                      Ariza namunasi

Familiyasi ismi otasini ismi Nasirova Saodat Abdullayevna
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni Filologiya fanlari nomzodi, dosent
Ish joyi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Lavozim nomi Kafedra dosenti
Maqolaning nomi Korrupsiya diskursidagi ijtimoiy-siyosiy terminologiyasi tarjimasining o‘ziga xosligi. (Prezident Si Jinpinning bayonotlari asosida)
Bo ‘lim nomi Lingvistika va o‘qitishning innovatsion usullari
Telefon, Telegramm messenjeridagi kontakt, WeChat (+99897) 333 58 25
elektron pochta saodat888@mail.ru