Xalqaro Konfutsiy assotsiatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Hao Pin Toshkentga yetib keldi
2026-yil 12-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkaziladigan “Sivilizatsiyalar uyg‘unligi va hamkorlik forumi”da ishtirok etish uchun Xalqaro Konfutsiy assotsiatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Hao Pin Toshkent shahriga yetib keldi.

Mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida TDSHU prorektori Sh. Mirzayotov kutib oldi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida qisqa uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Sh. Mirzayotov mehmonni universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda ta’lim va ilmiy yo‘nalishlardagi yutuqlar bilan tanishtirdi.

Forum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

