Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro reyting bo‘yicha seminar

31.10.2023, 16:29 Yangiliklar 536

2023-yil 30-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Times Higher Education xalqaro reyting agentligining mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reyting bo‘yicha mutaxassislari, shuningdek, TDSHU Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Imamova ham ishtirok etdi.

photo_2023-10-30_18-16-18

Seminarda THE World University Ranking va THE Impact Ranking reytinglarining metodologiyalari va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yangiliklar haqida, shuningdek, O‘zbekiston OTMlarining mazkur reytinglardagi holatlari va ularni yaxshilash yo‘llari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida xalqaro reytinglar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.