Xalqaro reytinglar va SDG tashabbuslari: TDSHU vakillari Vengriyadagi xalqaro forumda

2025 yilning 11 aprel kuni Vengriyaning Szeged universitetida bo‘lib o‘tayotgan 3-Barqarorlik bo‘yicha xalqaro talabalar yetakchilari uchrashuvida (ISLMS 2025) TDSHU magistranti S.Azizova va “Xalqaro reytinglar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i N.Imamova ishtirok etmqodalar. Ushbu xalqaro tadbir UI GreenMetric jahon universitetlari reytingi bilan hamkorlikda talaba yetakchilar uchun barqarorlik bo‘yicha turli muhokamalar, harakatlar rejasini ishlab chiqish va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash platformasi sifatida tashkil etildi. Tadbirda jami dunyoning 27 davlat 57 universitetidan 64 nafar talaba va 24 nafar ma’ruzachi qatnashdilar. N.Imamova va S.Azizova TDSHUda BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni aks ettirgan taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.