Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoyda o’tkazilgan “Butunjahon ayollar universitetlari prezidentlarining 10-forumi”da TDShU ishtiroki

Joriy yil 25-28-may kunlarida Xitoyning Jilin viloyatida joylashgan Jilin xalqaro tadqiqotlar universitetida COVID-19 pandemiyasidan keyingi oliy ta’limning global hamjamiyatini qurish mavzusiga bag’ishlangan “Butunjahon ayollar universitetlari prezidentlarining 10-forumi” bo’lib o’tdi. Butunjahon ayollar universitetlari prezidentlari forumi tashkiliy qo’mitasi, Jilin xalqaro tadqiqotlar universiteti hamda Xitoy aloqa universiteti rahbarligida o’tkazilgan tadbirda pandemiya davrida oliy ta’lim sohasida Yevropa tajribasi, universitetlar tuzilmasini transformatsiyalash orqali aqlli jamiyat barpo etish, jahonda universitetlarning madaniyatlararo aloqalarini yanada rivojlantirishda virtual ta’lim maydonini yaratish, ta’lim jarayonlarini boshqarishda ayollar yetakchiligiga qaratilgan davra suhbatlari bo’lib o’tdi. Forumda TDShU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna hamda TDShU xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Imomova Nilufar Asomiddinovnalar ham faol eshtirok etib, TDShU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna butunjahon universitetlar doirasidagi ayol rahbarlar orasida tashkil etilgan forumda o’zlarining “O’zbekistonda gender tengligi islohoti” mavzusidagi maruzalari bilan qatnashdilar.

china

13.06.2023, 13:22 514