Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xitoyda xalqaro akademik hamkorlik doirasida ma’ruzalar o‘tkazilmoqda

24.11.2026, 11:26 Yangiliklar 97

“Xorijiy xitoyshunos nigohida xalqaro xitoy tili ta’limi” xalqaro ta’lim loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi doktoranti Sayyora Nazarova Pekin til va madaniyat universitetida bir oylik akademik dastur doirasida turkum ma’ruzalar o‘qimoqda.
Ma’ruzalar xitoy tilini o‘qitishning zamonaviy metodlari va pedagogik texnologiyalariga bag‘ishlangan. Mashg‘ulotlarda turli bosqichlarda tahsil olayotgan 50 nafarga yaqin xitoylik va xorijiy talabalar ishtirok etmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda pedagogik tajriba almashishga xizmat qiladi.