Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Xitoyning Liaoning pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.11.2026, 16:33 Yangiliklar 24

2026-yil 7-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universiteti vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitetimiz rektori, professor S.A. Nasirova, prorektorlar, oliy maktab rahbarlari hamda xalqaro aloqalar bo’limi mas’ullari qatnashdi. Xitoy tomonidan Xalqaro ta’lim fakulteti dekani, professor Cao Ru, dekan o‘rinbosari Zhou Zhenghong, Partiya umumiy bo‘limi kotibi Yang Chunyu, Partiya qo‘mitasi kotibi Sun Zhongquan hamda dekan o‘rinbosari Cui Yanlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro fikr almashdilar va kelgusi rejalarni belgilab oldilar:
Talabalar almashinuvi: TDShUdan ushbu universitetga yuborilgan talabalarning bugungi kundagi o‘qish jarayonlari, yutuqlari va darslarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Malaka oshirish: TDSHU professor-o‘qituvchilarining Liaoning pedagogika universiteti Adabiyot fakultetida malaka oshirishlarini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Kutubxonalararo hamkorlik: Ikki universitet kutubxonalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, o‘zaro tajriba almashish va zamonaviy kutubxona tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kitob ta’minoti: Ta’lim sifatini oshirish va talabalarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar va kitoblar fondini shakllantirish hamda ta’minlash choralari kelishib olindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.