Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XXR OTMlarida stajirovka uchun tanlov onlayn og‘zaki suhbat tarzida o‘tkaziladi

23.01.2022, 13:55 E'lonlar 1447

Ma’lum qilamizki, joriy yilning 24-yanvaridan 24-fevraliga qadar ta’lim olish tizimi onlayn (masofaviy) shaklga o‘tkazilgani sabab, TDSHUda 2022-yil 25-26 yanvar kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar 2022-2023 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasi OTMlarida 1 yillik stajirovka uchun o‘tkaziladigan tanlov onlayn og‘zaki suhbat tarzida Zoom platformasi orqali amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan quyidagilar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi:

1-ilova: 2022-2023 o‘quv yillarida Xitoy Xalq Respublikasi OTMlarida 1 yil davomida stajirovka o‘tash uchun talabalar o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkaziladigan og‘zaki suhbatni baholash mezonlari;

2-ilova: Xitoy tili bo‘yicha og‘zaki suhbat jadvali va ajratilgan vaqt me’yorlari.

Xitoy tili bo‘yicha og‘zaki suhbatda o‘tish ballini to‘plagan talabalar keyingi bosqichga o‘tgan hisoblanib, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbatda qatnashadigan talabalar ro‘yxatiga kiritiladilar.

Muhim: Belgilangan vaqtdan kechikkan talaba suhbatga kiritilmaydi.

Ilovalarni bu yerdan yuklash mumkin:

1-ilova

2-ilova

TDSHU Matbuot xizmati