Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XXR Shimoli-g‘arb Minzu Universiteti bilan hamkorlik istiqbollari

30.11.2018, 16:48 Yangiliklar 2996

2018-yilning 29-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arb Minzu Universiteti (Northwest Minzu University) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Universitet prorektori, professor He Ye, Ijtimoiy fanlar akademiyasi dekani, professor Cai Rang, Xalqaro aloqalar va almashinuv bo‘limi direktor o‘rinbosari Ma Qing, Rivojlanishni rejalashtirish va o‘quv dasturlarini shakllantirish kompleksi direktori, professor Wen Huadan iborat delegatsiyani TDSHI rektori, professor Abdurahim Mannonov kutib oldi.

TDSHI rektori A.Mannonov mehmonlarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, xususan Xitoyshunoslik fakulteti faoliyati, ta’lim jarayoni, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, institutda xitoyshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Shimoli-g‘arb Minzu Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini mukoma qilishdi. Xususan, ikki oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun uzoq va qisqa muddatli almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Shimoli-g‘arb Minzu Universitetida xitoy tili bazasida o‘zbek tilini o‘qitishni joriy qilish, Xitoy tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda TDSHIda  Shimoli-g‘arb Minzu Universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultetni tashkil etish masalalari bo‘yicha fikr almashinildi.

Ta’kilash lozimki, ikki OTM o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha umumiy memorandum imzolangan bo‘lib, hozirda qo‘shma fakultet o‘z ichiga oladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ularning o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘qitish shakli, qabul kvotalari hamda ularning moliyaviy tomonlarini ko‘rsatib beruvchi alohida bitim loyihasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, hamkorlik bitimiga ko‘ra yanvar oyida Shimoli-g‘arb Minzu Universitetining bir nechta professor-o’qituvchilarining TDSHIga ma’ruzalar o‘qish uchun kelishi kutilmoqda.

 

IMG_20181129_110318_HDR

IMG_20181129_110353_HDR